Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qamchiq dovonida 14-noyabr kuni kuning ikkinchi yarmida qor yog‘a boshladi. YHXBB matbuot xizmati holat aks etgan videoni e’lon qildi.

Boshqarma yo‘llar nam bo‘lganligi sababli sirpanish holatlari yuzaga kelishi oqibatida ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘lishining oldini olish maqsadida haydovchilarni keskin tormoz bermaslikka chaqirdi.

“Barcha haydovchilardan yo‘llarda oraliq masofani saqlab, qoidalarga rioya qilishlarini, dovon yo‘lidan harakatlanib o‘tuvchilardan esa o‘ta ehtiyotkor bo‘lishlarini so‘raymiz”, — deyiladi YHXBB xabarida.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham Qamchiq dovonida qor yog‘ayotgani aks etgan videolarni ulashgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hafta boshida havo keskin sovib, qor yog‘ishi kutilmoqda. 16-noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17—18-noyabr kunlari respublikaning barcha hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi.

16—17-noyabrda respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda changli bo‘ron bo‘ladi.

16-noyabrda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 17-noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi, 17—18-noyabrda tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent viloyatida 2023-yilda 9 ming gektar maydon qisqartirilib, 25 sotixdan aholiga beriladi
Mahalliy
Toshkent viloyatida kelin qaynonasiga 20 marta pichoq urdi (video)
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi