Daryo

“O‘zgidromet” hafta boshida havo keskin sovib, qor yog‘ishidan ogohlantirdi

O‘zbekistonga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi

1 daqiqa o‘qish140 292 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Respublika Gidrometeorologiya markazi hafta boshida harorat keskin sovib, qor yog‘ishidan ogohlantirdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, 16-noyabr kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17—18-noyabr kunlari respublikaning barcha hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi.

16—17-noyabrda respublika bo‘yicha shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Ba’zida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda changli bo‘ron bo‘ladi.

16-noyabrda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 17-noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) bo‘ladi, 17—18-noyabrda tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha harorat keskin pasayishi kutilmoqda. 16—17-noyabrda shimolda, 17—18-noyabrda O‘zbekistonning qolgan hududlarida harorat kechalari 5-8 darajagacha sovuq, kunduz kunlari esa 0-3 darajagacha iliq, shimolda kechalari 12-15 darajagacha sovuq, kunduz kunlari 0-3 darajagacha havo harorati pasayadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning ayrim hududlarida 15-noyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar