Biskviti yumshoq ushbu ruletga mandarin mevasi bayramona ko‘rinish va ajoyib maza beradi.

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • tuxum – 5 dona;
  • shakar – 200 gamm;
  • vanil – 1 choy qoshiq;
  • un – 140 gramm;
  • qaymoq – 240 ml;
  • maskarpone pishlog‘i – 230 gramm;
  • shakar upasi – 5-6 osh qoshiq;
  • mandarin – 5-6 dona.

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Tuxum va shakar mikser yordamida yaxshilab ko‘pirtiriladi. So‘ngra vanil qo‘shib aralashtiriladi.
  2. Tuxumli aralashma ustidan un oz-ozdan solinadi va ehtiyotkorlik biln aralashtiriladi.
  3. Qolipga pergament qog‘ozi solinib, ustidan tayyor bo‘lgan xamir quyiladi.
  4. Rulet biskviti qizarguncha 20 daqiqa davomida 170 darajada pechga qo‘yiladi.
  5. So‘ngra sochiq ustiga olib, pergament qog‘ozi olib tashlanadi.
  6. Biskvit sochiq bilan birgalikda rulet shaklida aylantiriladi va sovitishga qo‘yiladi.
  7. Qaymoq dastlab mikser bilan yashilab aralashtiriladi, keyin pishloq va shakar upasi solinadi, silliq bo‘lgunga qadar aralashtiriladi.
  8. Sochiq bilan o‘ralgan biskvit asta ochiladi va orasiga qaymoqli krem surtiladi.
  9. Mandarinlar tozalanib, butunligicha biskvitning bir chetiga qo‘yiladi. Bir nechta bo‘lagi esa olib qo‘yiladi.
  10. Biskvit yana rulet shaklida aylantiriladi, qaymoqli kremdan shirinlik yuzasiga suriladi va mevaning qolgan qismi bilan yuzasi bezatiladi.

Yoqimli ishtaha!