Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan shahar “Mehribonlik” MFY binosida 29-oktabr kuni sud tomonidan uyida tegishli hujjatlarsiz diniy ta’lim berib kelgan ota-bolaning huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar qilmoqda.

Foto: Oliy sud axborot xizmati

Foto: Oliy sud axborot xizmati

Ma’lum bo‘lishicha, 2020-yilning noyabr oyidan joriy yilning sentabr oyiga qadar Namangan shahrida yashovchi fuqaro I.A. va uning o‘g‘li I.A. yashash xonadonida 10 dan ortiq voyaga yetmagan bolaga tegishli ruxsatnomasiz noqonuniy diniy ta’lim berib kelgan.

Qayd etilishicha, surishtiruv organi tomonidan ota-bola harakati Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 241-moddasi (diniy ta’limotdan saboq berish tartibini buzish) bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqish uchun sudga taqdim qilingan.

Sud majlisida huquqbuzar ota-bola qilgan ishi noto‘g‘ri ekanini, maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi markaziy organining ruxsatisiz diniy ta’limdan saboq berib huquqbuzarlik sodir etganini tan olib, suddan yengillik berishni so‘ragan.

Ta’kidlanishicha, ish atroflicha ko‘rib chiqilib, ularga tegishli tartibda jarima jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda 13 nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy diniy ta’lim berish bilan shug‘ullangan ona-bola aniqlangandi. Shuningdek, Toshkentda voyaga yetmaganlarga noqonuniy diniy ta’lim bergan yigit 15 sutkaga qamalgani va Toshkentda bolalarga noqonuniy diniy ta’lim bergan 42 yoshli erkak jarimaga tortilgani xabar qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)