Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Las-Vegas shahrida (Nevada shtati) Toshkent vaqti bilan 7-noyabr tongida katta boks kechasi bo‘lib o‘tadi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Oqshomning markaziy jangi Saul “Kanelo” Alvares (56-1-2, 38 KO) va Kaleb Plant (21-0, 12 KO) o‘rtasida kechadi. Qayd etish joiz, ushbu jang supero‘rta vazn toifasining mutlaq chempionligi uchun kechadi: o‘rtaga WBA Super, WBC, WBO va IBF kamarlari qo‘yilgan. Agar jangda Alvaresning qo‘li baland kelsa, u ushbu vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylanadi.

Bokschilar jangdan oldin an’anaga ko‘ra tarozidan o‘tdi: Alvares — 76,2 kg, Plant — 75,7 kg.

Eslatib o‘tamiz, Saul Alvares may oyida boshqa bir yengilmas bokschi Billi Jo Sondersni texnik nokaut bilan mag‘lub etib, uch yo‘nalishda chempionga aylangandi.

Shuningdek, oqshom davomida yana ikkita jang bo‘lib o‘tadi:

  • Elvis Rodriges (11-1-1, 10 KO) – Xuan Pablo Romero (14-0, 9 KO)
  • Rey Vargas (34-0, 22 KO) – Leonardo Baes (21-4, 12 KO).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...