Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 13-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 6-noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Vigoda bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Barselona” tezkor gol urdi. 5-daqiqada Ansu Fati kataloniyaliklarning birinchi goliga mualliflik qildi. 18-daqiqada esa Serxio Buskets o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. “Barselona”ning uchinchi goli 34-daqiqada Memfis Depay tomonidan urildi.

Ikkinchi bo‘limda “Selta” faolroq harakat qildi. 52-daqiqada Yago Aspas hisobni qisqartirdi. 74-daqiqada Nolito vigoliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Uchrashuvning so‘nggi soniyalarida Aspas dublni rasmiylashtirib, hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa jangovar kechgan uchrashuvda 3:3 hisobi qayd etildi.

“Barselona” durangdan keyin 17 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. “Selta” (12) 14-pog‘onani band etgan.

La Liga

13-tur bahslari

6-noyabr, shanba

“Selta” — “Barselona” 3:3

Gollar: 0:1 – 5 Fati, 0:2 – 18 Buskets, 0:3 – 34 Depay, 1:3 – 52 Aspas, 2:3 – 74 Nolito. 3:3 — 90+6 Aspas

“Selta”: Dituro, Malyo (Vaskes, 46), Murilyo (Arauxo, 70), Aydu, Galan, Denis Suares, Solari (Beltran, 46), Tapiya (Servi, 65), Nolito, Aspas, Galyardo.

“Barselona”: Ter Shtegen, Mingesa, Langle, Erik Garsiya (Arauxo, 46), Alba, Buskets, de Yong, Niko Gonsales (Puch, 59), Gavi (Ezzalzuli, 80), Depay, Fati (Balde, 46).

Ogohlantirishlar: Erik Garsiya (29), Solari (37), Alba (45), Tapiya (55), Buskets (88), ter Shtegen (90+3), Ezzalzuli (90+5), de Yong (90+5).

“Espanyol” — “Granada” 2:0

Gollar: 1:0 – 30 Pedrosa, 2:0 – 42 de Tomas.