• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Sudanda harbiylar bir oy ichida ikkinchi marta davlat to‘ntarishi uyushtirishga urindi. Bu qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

    Sudanda harbiylar fuqarolik hukumatidagi rahbarlarni chetlatdi va mamlakat boshqaruvi tizimida islohotlar amalga oshirilishini e’lon qildi. “RBK” Afrikadagi eng qashshoq mamlakatlardan birida harbiylarning har ikki yilda bir marta hukumatni tarqatib yuborishga urinayotganining sabablarini tahlil qildi.

    Foto: Reuters / El Tayeb Siddig

    Foto: Reuters / El Tayeb Siddig
    25-oktabr tongida Al hadath arab telekanali Sudanda mamlakat bosh vaziri Abdulla Hamduk va hukumatning bir nechta vazirlari hibsga olingani haqida xabar berdi. Al-Jazeera’ning Xartumdagi ofisi direktori Al-Muslim al-Kabashiy harbiylar qo‘lga olgan hukumat a’zolari orasida axborot vaziri Hamza Balullo va Arab sotsialistik partiyasi rahbari Baas Ali Ar-Rix al-Sanxuriy, shuningdek, poytaxt — Xartum shahri gubernatori Ayman Nimr borligini aniqlagan.

    Keyinroq Hamdukning uy qamog‘iga o‘tkazilgani, Sudanda uning vakolatlarini bajarish uchun mas’uliyatni Suveren kengash generali Abdul Fattoh al-Burhon o‘z zimmasiga olgani ma’lum bo‘ldi. U mamlakatda favqulodda holat joriy etilganini e’lon qilgan va Vazirlar Mahkamasi hamda kengashning tarqatib yuborilganini bildirgan.

    Al-Burhon televideniye orqali yo‘llagan murojaatida xalqni zo‘ravonlikka chorlash harakatlarini qilayotgan siyosatchilar bilan raqobat uni mamlakat himoyasi uchun kurashga hamda “inqilob yo‘lini o‘zgartirish” ishlarini qilishga majbur etgani haqida gapirgan, deyiladi BBC xabarida. Al-Burhon harbiylarning yangi hukumat tayinlashi, uning 2023-yil iyulida bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rishi va texnik ishlarni amalga oshirishi kerakligini aytgan.

    “Qurolli Kuchlar fuqarolar tomonidan yangi saylangan hukumat davlat boshqaruviga kelguniga qadar demokratik tranzit ishlarini davom ettiradi”, — deya bayonot bergan Al-Burhon (Associated Press).

    Shuningdek, general mamlakat yoshlari ishtirok etadigan qonunchilik organi yaratilishini ham va’da qilgan.

    Harbiylar hukumat vakillarini boshqaruvdan to‘liq uzoqlashtira olmadi, shu sababli harbiy to‘ntarish bo‘lgan kunning o‘zida Vazirlar Mahkamasi vakillari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda turli xabarlar tarqatildi. Sudan madaniyat va axborot vazirligi Facebook’da bosh vazir Hamduk nomidan post qoldirdi.

    “Hamduk sudanliklardan tinchlikni saqlab turish va o‘z inqilobini himoya qilgan holda ko‘chalarda namoyishlar o‘tkazishni so‘ramoqda”, — deyilgan ijtimoiy tarmoqda qoldirilgan xabarda. Vazirlik Al-Burhon bayonotini harbiy to‘ntarish orqali mamlakat boshqaruvini egallashga urinish harakati deb atagan.

    Xartum ko‘chalarida yuzlab odamlar norozilik namoyish o‘tkazdi. Axborot vazirligi bergan xabarlarga ko‘ra, Mudofaa vazirligi shtab-kvartirasi yaqinida namoyishchilarni o‘qotar quroldan foydalanib, tarqatishga urinilgan. Harbiylar shahardagi yo‘llarni va ko‘priklarni yopib qo‘ygan. Xorijlik jurnalistlarning vaziyat haqida ma’lumotlar olishiga mobil aloqa va internetning yo‘qligi xalal bergan.

    Bu safargi davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish oxirgi oylarda kuzatilgan ikkinchi holat. 2021-yil 20-sentabrdan 21-sentabrga o‘tar kechasi ofitserlar guruhi fuqarolik hukumatini boshqaruvdan chetlatishga uringan, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchragandi. OAVda tarqalgan xabarlarda isyonchilar orasida 2019-yil aprelida hukumatdan ag‘darilgan Umar al-Bashirning tarafdorlari bo‘lganligi qayd etilgan. Middle East Eye nashri bu safargi qo‘zg‘alonchilar sentabr oyidagi davlat to‘ntarishi qilishga uringan harbiylar bilan hamfikr emasligini yozgan.

    Al-Bashir mamlakatni 1989-yilda boshqara boshlagan va 2018-yilda boshlangan xalqning norozilik namoyishlari tufayli harbiylar tomonidan hukumatdan chetlashtirilgandi. 2009-yilda Xalqaro jinoyat sudi uni hibsga olish haqida order bergan. Al-Bashir insoniyatga qarshi jinoyatlar hamda harbiy jinoyatlarda qatnashganlikda gumon qilingandi.

    Al-Bashir hukumatdan chetlatilgach, davlat boshqaruvi Harbiy kengashga o‘tdi, ammo fuqarolik muxolifati mazkur qarorga qarshi chiqdi. 2019-yil iyul oyida muxolifat va harbiylar kelishuvga erishdi va mamlakatda boshqaruv organlari tizimini birga tashkil qilishni boshladi. Uch yil uch oy o‘tgach, 11 nafar a’zodan iborat Suveren kengash oliy boshqaruv organi sifatida mamlakat boshqaruviga keldi. A’zolarning besh nafari harbiylar, yana beshtasi fuqarolik institutlari vakillari, bir nafari esa ikki tomon kelishuvi asosida tanlanadigan vakil edi. Kegashga dastlabki 21 oy davomida harbiy, keyingi 18 oyda esa fuqarolik tizimi vakili rahbarlik qilishi ham kelishilgandi. Eng birinchi rahbari harbiylar vakili Abdul Fattoh al-Burhon bo‘ldi, u prezident saroyiga ko‘chib o‘tib, rasman mamlakat rahbariga aylandi. U shu yili noyabr oyida hukumat boshqaruvini boshqa bir yetakchiga berishi kerak edi.

    O‘tish davri 2022-yil noyabrgacha davom etishi kerak edi. Ushbu oraliqda hukumat Darfur, Janubiy Kordofan, Moviy Nildagi ichki nizolarga barham berish borasida kelishuvga erishishi zarur. Beshala isyonchi guruh bilan ham sulh tuzildi, 2021-yil fevral oyida isyonchilarning vakillari ham Suveren kengash a’zoligiga qabul qilindi. Ammo kelishuvlar amalga oshishi uchun, ular konstitutsion deklaratsiyaga kiritilishi talab etilardi. Harbiylar tarafdorlari deklaratsiyaga o‘zgartirish kiritish uning bekor bo‘lishiga xizmat qilishi, shu sababli harbiylar boshqaruv davrini davom ettirish vakolatiga ega ekanligini bildirdi, fuqarolik vakillari esa bu fikrlarga qarshi chiqdi.

    Mavzuga doir: Sudandagi harbiy to‘ntarishni aks ettiruvchi foto va videolavhalar e’lon qilindi

    Harbiylar nima uchun davlat to‘ntarishini amalga oshirdi?

    Bu safargi davlat to‘ntarishining asosiy sababi bosh vazir Hamdukning harbiy islohotlariga nisbatan noroziligida, deydi “RBK” suhbatdoshi, Rossiya davlat gumanitar universiteti dotsenti Sergey Seregichev. Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, hukumat rahbarining harakatlari xavfsizlik kuchlari vakolatlarini kamaytirishga qaratilgan edi.

    “Islohotlardan keyin maxsus xizmatlar siyosatga aralasha olmas va to‘liq depolitizatsiya qilinar, hukumatga bo‘ysunadigan, milliy xavfsizlikni ta’minlaydigan “qurol” — alohida organga aylanib qolardi”, — deydi ekspert.

    Hamduk hukumati Sudanning terrorchi tashkilotlarga homiylik qiladigan davlatlar ro‘yxatidan chiqishini ham ta’minladi, ro‘yxat AQSh tomonidan shakllantirilgan. 2020-yil oxirida shunday qaror qabul qilingan, Vashington Sudan iqtisodiyotiga moliyaviy ko‘mak berishni boshlagandi.

    Seregichevning aytishicha, fitnachilar Sudan portini ixotalash orqali mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni yanada yomonlashtirdi.

    “Fitnachilar fuqarolik hukumatini hammasini barbod qilganlikda, mamlakatni tang ahvolda qoldirganlikda aybladi, bu orqali xalqni faqat ‘eski maktab’ vakillari vaziyatni o‘nglay olishi va Sudanni yana bir marta qutqarishi mumkinligiga ishontirishga urindi”, — deydi Sergey Seregichev.

    Sudanda fuqarolik fraksiyasi ham, harbiy fraksiya ham birlasha olmayapti va ichki raqiblik doimiy ravishda davom etmoqda, deb yozgan Merilend universiteti olimi Jozef Sigl. Uning qayd etishicha, so‘nggi yillarda harbiylar mamlakatdagi bir nechta norozilik namoyishlarini atayin uyushtirgan.

    Mavzuga doir: BMT Xavfsizlik kengashi Sudandagi davlat to‘ntarishini muhokama qiladi

    Dunyo Sudandagi voqealarga qanday munosabat bildirdi?

    AQSh hamda Fransiya davlat to‘ntarishini keskin qoraladi, Xitoy ikki tomonni ham muzokaralar o‘tkazish orqali murosaga kelishga chaqirdi. Rossiya sudanliklar ichki muammolarini mustaqil ravishda hal qilishi lozimligi va ular bunday kuchga ega ekanligini bildirdi. Sudandagi voqealar mamlakat siyosiy va iqtisodiy hayotida kuzatilayotgan tizimning o‘tkir inqirozi deya vaziyatga ta’rif bergan Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova.

    Sergey Seregichevning fikricha, voqealar rivoji xalqaro jamoatchilik, avvalo, AQShning reaksiyasi va fikriga bog‘liq.

    “Amerikaliklar harbiylarning mamlakatdagi fuqarolik hukumati vakillari bilan do‘stlashishini, ikkala tomon ham o‘zaro manfaatli kelishuvlarga borishini talab qilishi mumkin”, — deydi ekspert.

    Shuningdek, olimning fikricha, agar AQSh bu borada keskin ssenariyni tanlasa, sanksiyalar va mamlakat tashqi qarzlarining yanada ortishi Sudanni davlat to‘ntarishiga qarshi boshlangan xalq norozilik namoyishlaridan ancha oldin “o‘ldirib” qo‘yadi.

    Qizil dengizdagi Rossiya harbiy dengiz floti uchun quriladigan obyekt nima bo‘ladi?

    Al-Bashir hukumat rahbarligining oxirgi yilida Moskva va Xartum Qizil dengizda Rossiya harbiy dengiz flotining moddiy-texnik ta’minoti xizmatlarini ko‘rsatadigan maxsus punkt qurish borasida kelishuvga erishgandi. 2021-yil iyul oyida Vladimir Putin bu boradagi kelishuvni ratifikatsiya qilishni Davlat dumasiga topshirgan. Hujjat matniga ko‘ra, obyektdagi xodimlarning shtat birliklari 300 nafardan oshmaydi, u yerda bir vaqtning o‘zida ko‘pi bilan to‘rtta kema, xususan, yadro va ekologik xavfsizlik me’yorlariga rioya qilgan yadro energetik qurolli kemalari saqlab turilishi mumkin. Bundan tashqari Rossiya tomoni kelishuv shartlari asosida Sudan havo yo‘llaridan foydalanish huquqiga ega.

    “Rossiya harbiy dengiz floti bazasi borasida hali muayyan prognozlar qilishga erta deb o‘ylayman. Mamlakatda kim rahbar bo‘lishida qat’iy nazar u Moskva bilan baza borasida hisoblashishga, savdolashishga majbur. Baza — Sudan uchun muhim aktiv”, — deya o‘z taxminini aytgan Sergey Seregichev.

    Mavzuga doir: Harbiylar tomonidan hibsga olingan Sudan bosh vaziri bir sutkadan so‘ng uyiga qaytdi

    29.10.2021, 07:34   Izoh (0)   14803
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Facebook nomini Meta’ga o‘zgartiradi

    29.10.2021, 00:58

    Xitoyning kichik shaharlarida osmono‘par binolar qurilishiga cheklov qo‘yildi

    28.10.2021, 22:36

    AQShning Chikago shahri iqlim o‘zgarishi tufayli yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida

    28.10.2021, 21:43

    Butun dunyodagi nizolar tufayli qochqinlar soni 48 millionga yetdi — bu rekord ko‘rsatkich

    28.10.2021, 21:27

    Mutaxassislar 20 kg vazn yo‘qotgan Kim Chen Inning sog‘lig‘ida hech qanday muammo yo‘qligini aniqladi

    28.10.2021, 20:42

    BMTning iqlim bo‘yicha sammiti bo‘lib o‘tadigan Glazgo shahrini suv bosdi

    28.10.2021, 19:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.