Samarqand shahrida Kia boshqaruvni yo‘qotib, Nexia-3 va Cobalt’ga zarar yetkazdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 17-oktabr kuni soat 12:25 larda Samarqand shahar, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida haydovchi, 1996-yilda tug‘ilgan N.M. Kia rusumli avtomobilda harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotgan va ushbu ko‘chada yo‘lning o‘ng tomonida to‘xtab turgan Nexia-3 rusumli avtomobilning orqa tomoniga urilgan.

Zarb oqibatida Nexia-3 avtomobili undan oldinda to‘xtab turgan Cobalt rusumli avtomobilning orqa tomoniga to‘qnashgan.

YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositalariga texnik shikast yetgan.

Mazkur YTH yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, tegishli hujjatlar to‘plangan va o‘rganib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga yuborilgan.