Daryo

Qo‘yliqda Isuzu avtobusi va ikki yengil avtomobil to‘qnashdi

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, transport vositalariga zarar yetgan

1 daqiqa o‘qish34 780 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: YHXBB matbuot xizmati

Toshkent shahar Yashnobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida Isuzu avtobusi va ikki yengil avtomobil to‘qnashdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, 15-oktabr kuni soat 19:30 larda Isuzu rusumli avtobus, Lacetti va Matiz avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, transport vositalariga zarar yetgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Toshkentda Lacetti qayrilib olishga uringan Mercedes-Benz avtobusiga kelib urilgani haqida xabar berilgan edi. 18-oktabr kuni sodir bo‘lgan ushbu YTHda tan jarohati olgan Lacetti haydovchisi shifoxonaga yotqizilgan. Bundan 10 kun avval esa Toshkentda avtobus svetofor va yo‘l yoqasidagi uyga borib urilgandi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar