• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Gullaysan, maorif!

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Gullaysan, maorif!

    “56 yil chorlar vaqtida, olti yil inqilob ichida yerlik xalqqa maorif berish masalasini o‘y o‘ylash bilangina o‘tkazdik. Endi amalga, ishga kirishish kerak”! (O‘rtoq Sulton Sakizboy o‘g‘li).

    Bu – juda to‘g‘ri bir fikr. Buni o‘rtoq Sakizboy o‘g‘li1dan bosh­qa yana ko‘b kishilardan eshitib yotibmiz. Inqilobning oltinchi yil bayramida ham g‘oyat tabiiy va g‘oyat kuchlik bir mayl bilan og‘izlarimizdan shior chiqdi:

    “Inqilobning yettinchi yili maorif yili bo‘lsun!”

    Gazetamizning 118-sonida bosilg‘an o‘rtoq Mirzohid Oqilning maqolasi bilan o‘rtoq Lapinning yana bir maqolasi shu shiorning juda vaqtida maydonga tashlang‘anini ko‘rsatadur.

    Bundan so‘ng: “Maorif kerak!” — desak, unda samimiyatdan boshqa narsa bo‘lmas. Nimaga desangiz, Farg‘ona xalqining 5 yildan beri tortub kelgan hamma kulfatlari shu tilakning shu choqqacha samimiyat bilan aytilmaganligidan keldi. Ilgari: “Maorif kerak!” — deb biz aytdik, hukumat aytdi, anglaguvchi, bilguvchi yigitlar aytdi. Endi hozir xalq, ko‘bchilik, omma, qishloq va ovul aytmakdadur. “Farg‘ona”ning 118-sonida bosilg‘an Qo‘qon uyezdidagi maorif ishlarining hisobi qishloqdagi to‘xtatub bo‘lmas tilakning tilmochidur.

    Qo‘qon uyezdidagi “Maorif kerak!” degan xalqning tilagi butun Farg‘ona xalqining tili bilan har kun har soat aytilub turubdur. Shuning uchundurkim, hozirgi vaqtda maktab ko‘bchiligi shaharlardan qishloqlarga, demak, xalqning g‘ujum bo‘lub o‘lturg‘an joyig‘a ko‘chdi. Muallim topub, ta’mir qilib maktab ochturayotkanlar qishloq dehqonlari bo‘lub qoldilar.

    Xalqdan chiqqan bu tilaklarni silab-siypab joyig‘a qo‘yaturg‘an maorif idoralarimizning boshdan buzuq bo‘lub kelganligini ko‘b gapurdik, ko‘b yozdik. Lokin uzoq vaqt tovushimiz cho‘llarga qarab ketdi.

    So‘ng vaqtlarda jumhuriyatimizning Maorif kamisarligida jindak almashinish bo‘ldi. Ya’ni kamisarlikning boshig‘a unda turub ishlayturg‘an, maorif qayg‘usig‘a berilgan kishilar qo‘yildi. Bu yaxshi harakatning natijasi ko‘rilmakka boshladi. Albatta, Maorif kamisarligini qo‘zg‘atish bo‘­yincha bo‘lsa kerak, ushbu oyning 11-kuni Toshkantda Davlat rejasi (Gosplan) binosida katta bir kengash bo‘lub, ul kengashda Turkiston jumhuriyatining maorif siyosati masalasi ko‘rildi. Kengashga firqa markazqo‘mi, markaz ijroqo‘mi, komissarlar sho‘rosi a’zo­lari, turli komissarliklarning kollegiya a’zolari, yuqori maktablarning mudarrislari, xususiy maorif-madaniyat tashkilotlarining vakillari va mao­rif ishiga qiziqqan ayrim kishilar aralashdilar.

    Kengash natijasida maorif ishlariga doim yordam berib turmoq uchun eng obro‘lik firqa va hukumat idoralarining vakillaridan iborat bir yordam byurosi tuzildi.

    Demak, xalq maktab so‘raydur, maorif talab qiladur: jumhuriyatning eng yuqori idoralari ham shu tilakni, shu talabni qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham amalga keltirmak uchun yeng shimarlaydurlar, xalqning tilak, markazdan rahbarlik va yordam bo‘lsa, har bir haqiqatning asosi bo‘lg‘an bilim va uni el orasiga tarqatish ishi haqiqat(an) yangi, to‘g‘ri va umidlik yo‘lga kirgan bo‘ladur.

    Cho‘lpon

    Ushbu maqola “Farg‘ona” gazetasining 1923-yil 19-noyabr sonida “Q” imzosi bilan bosilgan. Birinchi marta Cho‘lpon “Asarlar”i 4-jildida qayta chop etilgan.

    1 Sulton Sakizboy o‘g‘li (Sulton Segizboyev) (1899–1938) — taniqli davlat arbobi. 1937-yilda O‘zbekiston Xalq Komissarlari Soveti raisi.

    23.10.2021, 06:21   Izoh (0)   12042
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Boburiylarning zumrad linzali ko‘zoynagi, millionlarga sotilgan dinozavr skeleti, yaqinda ochilgan “Dubay ko‘zi”. 22-oktabr suratlari

    22.10.2021, 23:54

    “Biz yoqish uchun shirin gaplarni gapirmoqchi emasmiz” — Alisher Qodirov migrantlarni soliqqa tortish taklifiga izoh berdi

    22.10.2021, 23:17

    O‘zbekiston prezidentligiga besh nomzod. Ularga qanday ta’riflar berilgandi?

    22.10.2021, 23:03

    Toshkent viloyatida 11 yoshli bola yuk mashinasi bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi (video)

    22.10.2021, 22:15

    Toshkentda “Kalmar o‘yini” asosida rejalashtirilgan o‘yin o‘tkazilishi bekor qilindi

    22.10.2021, 21:37

    Istanbulda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar vakillari ishtirokida media-forum boshlandi

    22.10.2021, 21:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47

    Rossiya Xitoydan yuk mashinalari importini taqiqladi

    Dunyo | 3 avgust, 16:40

    “Tottenhem” Son Hyon Minning o‘rnini “Real” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi

    Sport | 3 avgust, 16:12

    “Toshkent—Sharqiy” aeroporti qurilishi sentyabrda yakunlanishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 3 avgust, 16:09

    Tailand besh kunlik mojaroda qo‘lga tushgan ikki nafar Kambodja askarini yurtiga qaytardi

    Dunyo | 3 avgust, 14:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.