• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Jahongir Ortiqxo‘jayevning poytaxt hokimi etib tayinlanishi va Toshkentning kelajagi haqida gapirdi

    Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev 19-oktabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvda Jahongir Ortiqxo‘jayevning poytaxt hokimi etib tayinlanishining sababini aytdi va shaharni qanday rivojlantirish rejalashtirilayotgani haqida gapirdi.

    “Men nima uchun Jahongir Ortiqxo‘jayevni Toshkent shahri hokimligiga qo‘ydim? Bu odam tadbirkor. Tadbirkorlik bilan poytaxtni rivojlantirishi uchun bu lavozimni berdik. Zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Tadbirkorlik zamon talabi bo‘lyapti. Endi Ortiqxo‘jayev ham kerak bo‘lsa 10 barobar ko‘proq harakat qilishi lozim”, — dedi Mirziyoyev.

    Uning qayd etishicha, kelgusi besh yilda xorijdan Toshkentga keladigan mehmonlarni 3 million nafarga yetkazib, turizm xizmatlari hajmini 1 milliard dollarga olib chiqish bo‘yicha barcha imkoniyatlar bor.

    “Savdo sohasini iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish, boshqa tarmoqlar uchun ‘drayver’ga aylantirish uchun eng katta masala bu – savdo maydonlarining yetarli emasligi. Misol uchun, so‘nggi ikki yilda shaharda savdo maydonlari 2 barobarga oshgan bo‘lsa-da, ularning hajmi yirik megapolislarga nisbatan, 10-15 baravarga past”, – deydi u.

    Qayd etilishicha, kelgusi besh yilda shahardagi savdo maydonlari 10 barobarga oshiriladi. Buning uchun:

    • 44 ta yirik savdo va ko‘ngilochar markazlari ishga tushiriladi;
    • har bir tumanda tun-u kun faoliyat ko‘rsatadigan savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar barpo etiladi;
    • yangi qurilayotgan uy-joylar va biznes markazlarning pastki qavatlari oldindan xizmat ko‘rsatish va savdo sohasiga ixtisoslashtiriladi.
    Savdo va xizmatlar sohasidagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, yangi mehmonxonalar va 5 ming kvadrat metrdan katta savdo komplekslari:
    • besh yil davomida mol-mulk solig‘ini 2 barobar past stavkada to‘laydi;
    • qurilgan binolarning amortizatsiya xarajatlarini ikki yil davomida to‘liq qoplash orqali, foyda solig‘ini kamaytirish imkoniyati yaratiladi.
    Shahar mahallalarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga, yiliga 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

    Shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning qayd etishicha, “Toshkent – biznes uchun ulkan imkoniyatlar shahri” dasturini amalga oshirish orqali kelgusi besh yil ichida yalpi hududiy mahsulot hajmi 200 trillion so‘mga yetkazilib, qariyb 2 barobarga o‘sishi ta’minlanadi.

    “Kelajakda Toshkent shahrini ilg‘or innovatsion va investitsion hududga aylantiramiz. Shaharda joylashgan og‘ir sanoat korxonalari poytaxt tashqarisiga bosqichma-bosqich ko‘chiriladi. Shaharda esa yuqori texnologiyali innovatsion tarmoqlar – elektronika va elektrotexnika, IT-injiniring, biotexnologiya korxonalari joylashadi.

    “O‘zekspomarkaz” hududida Toshkent xalqaro moliyaviy markazi barpo etiladi va unda faoliyat yuritadigan xalqaro banklar, moliyaviy institutlar, yuridik, konsalting va investitsion kompaniyalarga qulay sharoitlar yaratiladi. Ushbu markaz nafaqat O‘zbekiston, balki mintaqamiz uchun Investitsiyalar xabiga aylanadi.

    Shahar uchun alohida Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi ochiladi. Shuningdek, kadrlar zaxirasini yaratish maqsadida, “ta’lim–ilm–tadqiqot” tamoyili asosida har bir oliygoh o‘quv dasturlari “yashil” va “raqamli” iqtisodiyotga yo‘naltirish uchun transformatsiya qilinadi. Ushbu tizimning o‘zagi Yangi O‘zbekiston universiteti bo‘ladi.

    Har bir tumanda Innovatsiya va texnologiya markazi hamda “loyiha guruhlari” tashkil etilib, ularda davlat-xususiy sheriklik asosida alohida texnopark va IT maktabi faoliyat yuritadi. Istiqbolli loyihalarga To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi 30 foiz ulush bilan kiradi va bunga 200 million dollar ajratiladi.

    Yangi tashkil etiladigan O‘zbekiston taraqqiyot banki tomonidan Toshkent shahri tadbirkorlariga qulay shartlarda uzoq muddatli kreditlar ajratish uchun 1 milliard dollar resurslar tijorat banklari orqali emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘naltiriladi. Poytaxtga investitsiya va ilg‘or texnologiyalar, eng nufuzli xalqaro kompaniyalarni keng jalb qilish uchun kelgusi yili “Toshkent xalqaro investitsiya forumi” o‘tkaziladi. Bu orqali qo‘shimcha 10 milliard dollar investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini yaratamiz.

    Umuman, Toshkent shahrida keyingi besh yilda 14 milliard dollarlik 2 mingga yaqin investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 250 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi. Toshkent shahri atrofida “sanoat belbog‘i” tashkil qilinib, Bektemir, Sergeli, Yashnobod va Yangihayot tumanlari yuqori daromad keltiruvchi sanoat tarmoqlariga moslashtiriladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi
    • Sergeliga olib boruvchi yo‘lning birinchi navbati ochildi
    • “Toshkent havosida chang miqdori me’yoridan ikki baravar ko‘p” – Shavkat Mirziyoyev

    21.10.2021, 09:22   Izoh (0)   35814
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida Qirg‘izistondan 1998-yilda o‘g‘irlab kelingan avtomobil aniqlandi

    21.10.2021, 08:39

    Qashqadaryoda o‘zini muxbir sifatida tanishtirib, hokimlik vakilidan 2,6 mln so‘m pulni tamagirlik yo‘li bilan olgan shaxs qamoqqa olindi

    21.10.2021, 08:24

    Toshkent metrosiga xorijiy tajribaga ega konsultantlar jalb qilinadi

    21.10.2021, 08:08

    Xalqning davlati bo‘lsin-u davlatli tili bo‘lmasinmi?

    21.10.2021, 07:45

    Foto: Prezident saylovi arafasidagi O‘zbekiston

    21.10.2021, 07:34

    Tilimiz

    21.10.2021, 06:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada o‘zini Iso Masih deb da’vo qilgan erkak 12 yilga qamaldi

    Dunyo | 2 iyul, 16:20

    O‘zbekistonda dollar kursi yana 12 600 so‘mdan tushdi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 16:15

    Suvaysh kanalida neft kemasi cho‘kib ketdi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 2 iyul, 16:10

    “Barselona” futbolchisi: “‘Real’ — butun dunyo tan olgan klub”

    Sport | 2 iyul, 15:55

    Toshkentda Rohat aylanma yo‘li vaqtincha yopilgani sabab tirbandliklar yuzaga keldi (video)

    O‘zbekiston | 2 iyul, 15:48

    Eron rasman MAGATE bilan hamkorlikni to‘xtatdi

    Dunyo | 2 iyul, 15:45

    Malida “Al-Qoida”ga aloqador hujum sabab 80 nafar jangari o‘ldirildi

    Dunyo | 2 iyul, 15:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.