Futbol bo‘yicha Yevropa Konferensiyalar Ligasining 3-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Roma” 21-oktabr, payshanba kuni “Budyo Glimt” mehmoni bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Norvegiyada bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. “Budyo Glimt” safida Erik Botxeym (dubl), Patrik Berg, Ola Solbakken (dubl) va Amal Pellegrino o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, butun o‘yin davomida ishonchsiz harakat qilgan “Roma”ning yagona javob goliga Karles Peres mualliflik qildi.

Uchrashuvda “Roma”ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov ikkinchi bo‘lim avvalida maydonga tushirildi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Budyo Glimt” 7 ochko bilan C guruhi peshqadamiga aylandi. Ikkinchi o‘rindagi “Roma”ning hisobida 6 ochko bor.

“Tottenhem” ham safarda mag‘lubiyatga uchradi. “Shporlar” “Vitess”ga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Konferensiyalar Ligasi

3-tur bahslari

21-oktabr, payshanba

“Budyo Glimt” Norvegiya — “Roma” Italiya 6:1

Gollar: 1:0 – 8 Botxeym, 2:0 – 20 Berg, 2:1 – 28 Karles Peres, 3:1 – 52 Botxeym, 4:1 – 71 Solbakken, 5:1 – 78 Pellegrino, 6:1 – 80 Solbakken.

“Budyo”-Glimt” – Haykin, Sampsted, Moe, Lode (Hoybroten, 82), Byerkan, Konradsen (Hagen, 90), Berg, Fet (Vetlesen, 81), Pellegrino (Mugisha, 87), Botxeym, Solbakken (Kumson, 87).

“Roma” – Ruy Patrisiu, Reynolds, Kumbula, Rojer, Kalafyori, Vilyar (Mxitaryan, 46), Diavara (Pellegrini, 60), Darbo (Kristante, 46), ash-Shaaravi (Abraham, 60), Mayoral (Shomurodov, 46), Karles Peres.

Ogohlantirishlar: Darbo (33), Lode (37).

“Vitess” Niderlandiya – “Tottenhem” Angliya 1:0

Gol: 1:0 – 78 Vittek.