• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qachon o‘zbekcha gapiramiz?

    1989-yilning 21-oktabrida O‘zbekistonda mamlakat mustaqilligi ramzlaridan biri — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 2020-yildan boshlab bu sana O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanmoqda. “Daryo” ushbu sana munosabati bilan oktabrni “O‘zbek tili oyligi” deb e’lon qiladi va oy davomida har kuni til masalasida turli yillarda qilingan va hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan chiqishlar, nutqlar, maqolalarni qayta chop etadi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Qachon o‘zbekcha gapiramiz?

    O‘zbek tili qonuniy maqomga ega bo‘lganiga uch yil to‘layotir. Hazilakam muddat emas. Xayriyat, endi ko‘ngil tusagancha ona tilimizda so‘zlayapmiz: ko‘cha-ko‘yda, ishxonada, boshqa jamoat joylarida. “Ayrim” xonadonlarda! Majlis-mashvaratlarimiz o‘zbekcha, asosiy munshaot o‘zbekcha — katta-kichik idoralar ham davlat tilida ish yuritmoqni mashq qilyapti. Yana shukr, ofarin!

    Darvoqe, chinakamiga o‘zbekcha gapiryapmizmi?..

    Mazkur mulohazalar ko‘p vaqtdan beri ko‘nglimda yuradi. Matbuotda bu xususda bir talay maqola ham chiqdi (mualliflari baraka topsin), lekin hamon shulardagi ba’zi fikrlarni davom ettirish istagi susaymaydi; foydali takrorning ziyoni yo‘qdir.

    Yashirib nima, garchand so‘zga, so‘z san’atiga mehr sobiq “Guliston” jurnalidagi ustozlar sabog‘iga qo‘shilib, o‘zimizni tilga uncha-muncha mohir-u jonkuyar hisoblasak-da, yozgan-chizganlarimizda shunga amal qilmoqqa intilsak-da, davlat tili jabhasidagi anov ot surishlarda har doim ham oldingi saflarda bo‘la olmaganimiz pushaymonligi bor. Nachora, birov o‘kirib yig‘laydi, birov — jimgina, lekin dildan... Xullas, birda odatdagi dangasalik tufayli, birda jur’atsizlik sabab yoki fikr takrori andishasida paysalga solib, mulohazalarimizni bunday maqola qilib yozmadik.

    Mayli, gap bunda emas hozir. Muhimi — xalqimiz madaniy taqdiridagi bu ulug‘vor voqeaning oddiy tomoshabini emas, ehtirosli shinavandasi, duogo‘yi bo‘lganimiz. Taskin shu.

    Mana, nihoyat, murod hosil. Ona tilimiz qaddini rostlagach, ancha-muncha ish qilindi. Bu orada bilib oldik: respublika — jumhuriyat ekan, gazeta — ro‘znoma ekan, territoriya — hudud, oblast — viloyat, rayon — nohiya, deputat — noib, radio — ovoznigor, diktor — suxandon... Shuningdek — oynoma, majalla, jarida, rayosat, dastur va hokazo yangiliklar.

    Bu so‘zlarni o‘rni-o‘rnida ishlatish, to‘g‘ri-noto‘g‘riligi borasida har xil fikrlar aytildi, atamashunoslik qo‘mitasining mo‘tabar tavsiyalari e’lon qilindi, ammo baribir... Masalan, “nohiya” so‘zini ma’qul deganni hali uchratmadim, lekin uni ishlatmagan odam qolmadi. Yoki: “jarida”, “dastur”, “kengash” so‘zlarini har doim ham o‘rnida qo‘llayapmizmi? “Sharq yulduzi” oynoma bo‘lsa, oyda ikki bor chiqadigan (afsuski, hozir bir marta chiqyapti) “Mushtum”ni nima deb atamoq kerak? Dastlab “sovet” so‘zini ishlatishda ham chalkashlik bo‘ldi. Ustozlarimizdan birovi hazilnamo gap qilgani esimda: “Oldin sovet yozuvchisi edik, endi kengash yozuvchisi bo‘ldik”.

    Mayli. Shunisiga ham shukr. O‘zanni to‘ldirgan suv bir loyqalanib, keyin tiniqadi. Sekin-asta bari iziga tushib ketar. Qaqrab yotgan taqirga har qancha suv kam. Muhimi — tilimiz o‘zbekchalashyapti. Lekin chinakam o‘zbek tilida gapiryapmizmi, yozyapmizmi? O‘zbekcha fikrlashning ahvoli qanday?

    Birorta begona so‘z aralashtirmay, “madaniy til”da so‘zlayotgan ziyoliga: “Siz o‘zbekcha gapirmayapsiz”, desangiz baloga qolasiz. Radio-televizordagi chechan roviy yoki to‘ylarda “qarsillatib” biyronlik qiladigan “ocharchi”ga shu gapni aytib ko‘ring-chi!

    Lekin nadomatlar bilan ta’kidlamoq kerakki, radiomiz ham, televideniye ham, aksariyat gazet-jurnal ham o‘zga tilda fikrlash, o‘zga tildan nusxa ko‘chirish, aniqrog‘i — tarjima tili asoratidan hamon qutula olgani yo‘q. O‘ylaymanki, bu hali-beri daf bo‘ladigan balo emas. Chinakam til tabiatini his qiladigan odamga azob! Bugun unday odam na miriqib televizor ko‘ra oladi, na gazet o‘qiy oladi, na... Xunoblik, qon bosim! Oliy Kengashdagi vakillarimizning nutqini eshitib, dod degingiz keladi. Sanoqli besh-o‘n kishini istisno qilganda, ular o‘zlari qo‘l ko‘tarib qonunlashtirgan tilda o‘xshatib gapiradimi? Xalq vakillari! Gohida, “Bu odam o‘zbekcha yaxshi gapirolmas ekan, boshqa tilga mohir bo‘lsa kerak” degan gumonlarga borasiz. Ma’lum bo‘ladiki, “boshqa tili” ham “o‘zimiz qatori” — “tvoy-moy”. Ammo bo‘sh kelish yo‘q, zo‘r berib tirishadi: “Respublikamiz jumhuriyatida, “rayonimiz nohiyasida”...

    Bunday “til”ni xalqimiz “chulchut tili” deydi. To‘g‘ri baho!

    Ikki jahon ovorasi, arosat!

    Buning sabablari ayon: tilga e’tiborsizlik, milliy madaniyatga beparvolik, zo‘ravon mafkura, makkor siyosat, istiqbolsizlik dard-u kasofati. Egnimizdagi kostyumga, bo‘yinboqqa qanchalik ko‘nikkan bo‘lsak, birov-begonaning tili, hatto fikrlash tarzi ham kundalik turmushimizga shunchalik singib ketgan.

    Shu o‘rinda bir haqiqatni tan olaylik. Milliy tafakkurimiz shu darajada aynidiki, o‘ris tilida gapirish, o‘rischa fikrlash ona tilimizda gapirish, fikrlashdan oson, o‘ng‘ayroq bo‘lib qoldi — tilga tezroq ilashadi-da. Ko‘p hollarda o‘rischa fikrlab, o‘zbekcha bayon qilamiz. Negaki — hukmron til, hayotning yetakchi jabhalarida, yo‘q-yo‘q, hayot-mamotga musoviy qaltis vaziyatlarda keng miqyosda, aksari majburiy suratda qo‘llanib-qo‘llanaverib “pishgan”, sayqal topgan zamonabop til. Shakl-andozalari sinalgan, tayyor.

    Nima, boshqa tillar bunga nomunosibmi? Munosib, ming bora munosib. Buning uchun uni rasman qo‘llamoq, “piligini ko‘tarib qo‘ymoq”, hayotiy zarurat darajasiga — davlat tili maqomiga yetkazmoq darkor, xolos. Yagona sharti — amalda! Ana shundagina muddaoga erishiladi.

    “Bolalarcha so‘llik kasali”ga chalinib yurgan kezlarimizda, ona tilimiz siyqa tuyulib, o‘zimiz ham “original”likka, zamonaviylikka intilgan joylarimiz bo‘lgan. “Dugonangizdan nafratlanaman” degan jumlamni “Dugonangizni ko‘rarga ko‘zim yo‘q” deb tahrir qilayotib, talabchan muharrir Vahob Ro‘zimatov ta’na-taajjub aralash so‘ragan edi: “Yoki sizlar, hozirgi yoshlar shunday gapirasizlarmi?”.

    Hozirgi yoshlar shunday gapiradi, domla! Chunki ular biz yozgan kitoblarni o‘qigan, biz ishlagan kinolarni ko‘ryapti... U yog‘i o‘zingizga ma’lum. Axir, telefon go‘shagini olib, o‘zbekona tavoze bilan “labbay” demoqning o‘rniga “eshitaman” (“slushayu”) deymiz-ku to‘ralarcha! Holbuki, birov bizga: “Eshitmaysan, qulog‘ing og‘ir, karsan”, deyayotgani yo‘q. “Malakasini oshirdi”, “mahoratini oshirdi” degan gap turganda xunukdan xunuk, bema’ni — “o‘z ustida ishladi” (“nad soboy rabotal”) deb qo‘llaymiz. “Osh bo‘lsin” emas, “yoqimli ishtaha” demoq bilan madaniy ko‘rinmoq bo‘lamiz. Besh yashar o‘g‘ilchamiz: “Oyim menga qo‘lqop olib berdilar” emas, “Menga qo‘lqop olib berishdi” (“Mne kupili perchatki”), deydi; maktabni tugatayotgan qizimiz: “Sizga telefon qilishdi” (“Sizga falonchi aka yoki kimdir telefon qildi”, “Sizga telefon bo‘ldi” demoq o‘rniga), deydi. Telefon qilgan kim? Odamning og‘ziga yomon gap keladi...

    O‘zbek tili tabiatiga ko‘ra, gapning egasi tushgan qolgan majhul holatda “so‘rashdi”, “aytishdi”, “chaqirishdi” deb emas, “so‘raldi”, “so‘radilar”, “aytildi”, “chaqirildi” tarzida ishlatiladi.

    Yaqin-yaqingacha metroning oxirgi bekatiga yetganda “Vagonlarni bo‘shatib qo‘yinglar!” degan dag‘dag‘ani eshitib, “Nima, vagoningda o‘tin yo ko‘mir bormidiki, bo‘shatib qo‘ysam, hammolingni topibsan!” degingiz kelardi.

    “Katta rahmat” degan gapni har qadamda ishlatamiz. Vaholanki, rahmatning katta-kichikligini o‘lchash bizning qo‘limizda emas, rahmat — Xudoniki, uning katta-kichigi bo‘lmaydi. Ha, boringki saxovatimiz oshib-toshsa, “ming rahmat”, “ko‘pdan-ko‘p rahmat”, “baraka toping” demog‘imiz mumkin, xolos. “Katta rahmat”ning qayoqdan kelgani esa ma’lum.

    Bir vaqtlar ana shunga o‘xshash “g‘alati mashhur” iboralarni to‘plab yurardim. Ushbu qaydlarni yozmoqqa kirishganda qidirib ko‘rdim — topolmadim. Lekin achinmadim, chunki bunday misollar har qadamda uchraydi.

    Xo‘p, bular-ku kundalik muloqotga oid “kurmak”lar. Matbuotdagi ayrim “qorishma”larni qayta-qayta hijjalab, mag‘ziga yetolmagach, o‘rischasini topib o‘qimoqqa majbur bo‘lasiz. Yoki aksariyat o‘rischa fikrlab, maqsadingizni o‘zbek so‘zlari bilan bayon qilsangiz, deylik, xorijdan kelgan vatandoshlarimiz tushunolmay, “Bular nima deyapti?” deb hayron. Ularning nutqiga quloq tutib esa siz ajablanasiz, ammo ko‘nglingizning tub-tubida unutilgan qadrdon bir ohanglarni ilg‘agandek bo‘lasiz.

    Ahvol shunaqa. O‘zbek o‘zbek bilan tilmoch orqali tillashadi.

    Nima, ona tilimiz bugungi axborot bo‘roni zamonidagi ba’zi mavhumroq fikr-o‘ylar, murakkabroq tushunchalarni ifodalamoqqa qodir emasmi?

    Hazrat Navoiy, Bobur Mirzo, Abdulla Qodiriy ijod etgan bu tilda inson hayotiga xos neki holat bo‘lsa, barini ifodalash mumkin! Bunga ishonch hosil qilmoq uchun ana shu ulug‘lar bisotini mutolaa etmoq kifoya. Ul zotlarning avlodlari bo‘lmish noqobilmiz, xolos. O‘z tilimiz, milliy tafakkurimizni qo‘yib, begonasi “sori yuzlangan”, bunga majbur etilgan, buning mash’um oqibatlarini anglamoq pallasiga endigina yetgan — biz aybdormiz.

    Chorasi bormi? Chorasi — turkona tafakkurga yuz burmoq, vassalom. Negaki, teskari ko‘ngillar bir xilda fikrlamaydi, gapirmaydi; gapirsa — sun’iy, notabiiy chiqadi. Muayyan tilning tabiati o‘sha xalqning makoni, maishati, madaniyati, ruhiyati, fe’l-atvori, tafakkur tarzi va yana allaqancha muhim unsurlarga bog‘liq. Birgina misol: qo‘lni ko‘krakka qo‘yib “marhamat” demoq bilan g‘o‘ddayib turib “marhamat” demoqni qiyoslab ko‘ring — ikki dunyo!

    Yozma nutq bilan og‘zaki nutqimiz o‘rtasidagi farqni ayting. So‘zlashuv tilimiz qashshoqlashib, to‘porilashib ketgan. Nozikroq ma’noni anglatmoq uchun biron kitobiyroq iborani ishlatib qo‘ysangiz kulgiga qolasiz, darhol o‘sha so‘z o‘zingizga laqab qilib taqiladi — shu darajaga yetdik. Esimda: bolaligimizda kitobni ko‘proq o‘qiydigan bir tengdoshimiz bahs chog‘i “aksincha” degan so‘zni qo‘llab, nomi Aksincha bo‘lib ketgan edi.

    Tilimiz asli turkona zarofatga, lutf-u marhamatga serob zer-zabarli til. U tabiatan, ichki qonuniyatlari jihatidan ham Ovrupo tillariga tamomila o‘xshamaydi. Biz ana shu sertakalluf, nozik qochirig‘-u majozlarga boy shirali tilni quruq axborot tiliga yaqinlashtirib qo‘ydik, zer-zabarni ortiqcha ko‘rib, shaklni mazmunga to‘liq qurbon qildik. Nasr tilining yetarli ishlanmagani bir chekkasi shundan.

    Sobiq “Guliston” jurnalining bir guruh ijodkorlari “Yoshlik” jurnaliga o‘tib ishlaganimizda, kelgan qo‘lyozmalarni “o‘zbekchalashtirish”ga urinib, “bo‘yab” yotardik. “Ifoda o‘zbekcha emas”, desak, mualliflar hayron, ba’zilari darg‘azab: “Bunday yozsa ham bo‘ladi-ku, nima farqi bor?!”.

    Bunday yozsa ham bo‘ladi-yu... bunday yozmaslik kerak. Agar yozuvchilik da’vo qilsak, til ustidan, so‘z ustidan kun ko‘rsak, shu ishni kasb etgan bo‘lsak, albatta!

    Ma’lumki, o‘zbek hech qachon “To‘yga borasanmi? — so‘radim”, deb gapirmaydi. Bu qurilma o‘rischa matnga xos. O‘zbekchasi “— deb so‘radim” shaklida bo‘ladi. Ishonmasangiz — Abdulla Qodiriyga murojaat qiling, Abdulla Qahhor, Mirzakalon Ismoiliy kabi til zargarlarining matnlarini olib ko‘ring. “Xo‘sh, nima farqi bor? — deyishlari mumkin hariflarimiz. — Kim shuni tekshirib o‘tiribdi, muhimi — mazmun”.

    To‘g‘ri, mazmun muhim, lekin...

    Hatto bir “dono” o‘ziga raqib hisoblagan yozuvchining bir sahifa necha bor “deb” va “dedi”ni ishlatganini sanab chiqib, bizni mot qilmoqchi bo‘lgan. Avvalambor, har bir so‘zni o‘rnida, rasamadi bilan qo‘llash, lozim bo‘lsa undan “qochish”, boshqacha ifoda shakllarini qidirish — yozuvchining mahoratiga bog‘liq ish. Qolaversa, “deb”, “dedi”lari ko‘p yoki jumlalari “di” qo‘shimcha bilan tugaydi, deb... burnimizni kesishimiz oqilning ishi emas.

    Xo‘sh, gapirgan gapimiz, yozgan jumlamizning sof o‘zbekcha ifodalangan-ifodalanmaganini qanday aniqlash mumkin? Buning eng oddiy yo‘llaridan biri — qaysi jumla o‘rischaga osongina ag‘darildimi, bilingki, u aslida o‘zbekcha emas.

    Menimcha, bugun uncha-muncha ziyolimizdan ko‘ra, daladagi dehqon-u dashtdagi cho‘ponning tili jonliroq, shiraliroq — o‘zbekcharoq. Negaki u — buzilmagan, qorishmagan, “madaniy”lashmagan.

    Alqissa, qachon o‘zbekcha raso gapiramiz, yozamiz? Buning chinakam maktabi qayda?

    Bu maktabning sabog‘i mumtoz adiblarimizning o‘lmas sahifalarida, xalq og‘zaki ijodining bitmas-tuganmas sarchashmalarida, bobo-bibilarimizning bolalikda bizga so‘ylagan ertak-matallarida, bozor rastalari ora kezganda yoki savdolashganda quloqlarimizga chalingan uzuq-yuluq gaplar, luqmalar-u nuroniylar choyxonasidagi tamkin gurunglarda...

    Yana — keyin-chi?

    So‘zlamoqqa og‘iz juftlaganda, yozmoq uchun qo‘lga qalam olganda, bir dam andisha qilinsa, kiroyigina jon koyitilsa — kifoya.

    ...Yozganlarimni o‘qib chiqib, “O‘zlaridan so‘rasak?” degan mutoyibaomuz gapni esladim. Nachora, beayb — Parvardigor. Shu mulohazalarni tezroq izhor etish istagi, shoshqin davrga xos odatdagi besabrlik bu gal ham g‘olib keldi. Savobli niyat yo‘lidagi bu gunohimiz kechirarlidir.

    Izoh. Bir sirni ochay. Mazkur maqolaning yozilganiga bir yarim yildan oshdi (yana o‘sha eski hafsalasizlik, dangasalik!). Muddatga oid ayrim juz’iy tahrirlarni aytmaganda, unda hech nima o‘zgartirilmadi.

    Xo‘sh, bu borada nima o‘zgardi?

    Afsuski, savol savolligicha turibdi: qachon o‘zbekcha gapiramiz?!

    Erkin A’zam, “Oila va jamiyat” gazetasi, 1992-yil, avgust

    Ushbu fiqra yozuvchining 2015-yili chop etilgan “Ertalabki xayollar” to‘plamidan olindi; Toshkent, “O‘zbekiston” nashriyoti. 

    20.10.2021, 06:31   Izoh (0)   40632
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mavlud nishonlayotgan qizlar, Tojikistonda boshlangan harbiy mashg‘ulot, fotoqopqonga tushgan jayron. 19-oktabr suratlari

    19.10.2021, 23:56

    O‘zbekistonlik harbiylar Britaniyada o‘tkazilgan “Kembriya patruli” musobaqasida 2-o‘rinni egalladi

    19.10.2021, 23:17

    Shavkat Mirziyoyev talabalarga har oy 5 gigabayt internet trafik berilishini ma’lum qildi

    19.10.2021, 22:57

    Sergeliga olib boruvchi yo‘lning birinchi navbati ochildi

    19.10.2021, 22:50

    Rus tilini ona tilimiz deyish uchun avval o‘z tilimizni bilishimiz kerak!

    19.10.2021, 22:41

    Hoy, yer yutkur!

    19.10.2021, 22:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Sistit — bu uyat emas!


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    4-iyundan boshlab AQSHdan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizlik bojlar kuchga kiradi

    Dunyo | 31 may, 09:23

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.