• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tarixning zararlik takarruri

    1938-yilning 4-oktabri — nafaqat o‘zbek adabiyoti yo madaniyati, balki butun O‘zbekiston tarixidagi eng mash’um sanalardan biri. Shu kuni Toshkentda millat daholari — Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy va Abdulhamid Cho‘lpon otib tashlangan edi. “Daryo” ushbu uch ulug‘ mutafakkir xotirasiga hurmat ramzi sifatida ularning yillar o‘tsa-da o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan jurnalistik materiallarini butun oktabr oyi davomida har kuni qayta e’lon qilib boradi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Tarixning zararlik takarruri

    Dunyoning ketishi, turmushning oqishida shunday voqealar paydo bo‘ladirkim, u voqealarga o‘xshash hollar undan burun ham ko‘rulib o‘tadi.Ana shu vaqtlarda mahmadona, chechan kishilar chiqib “tarix takarrur qilayotir”, deb shovqun-suron qilib yuboradilar.Men mahmadona ham emasman, chechan ham. Shovqun-suron qilmoq ham qo‘limdan kelmaydir. Men, o‘zingiz bilgan Farg‘onaning ba‘zi bir ahvollarini, eski kotiblarning qalami qanday sekin yursa, shunday sekinlik bilan hovliqmasdan, shoshilmasdan sizga or qilib etmakchiman.Shu xolos.

    Farg‘onaning 1919 va 20-yillari esingizda bordir. Farg‘onada oqqon haqli va haqsiz qonlarning hidi Toshkent, Samarqandlarni emas, Moskva, Leningradni ham tutib ketdi. Shuncha qon to‘kilgan joyda, albatta, voqea emas, hodisalar bo‘lub turadir.Hodisa va voqealar shu qadar tez va shoshilishliq bilan yuz ko‘rsatadirlarkim, ularni tarix betlariga joylab qolmoq ham juda qiyin bo‘ladir.Farg‘onada ham shunday bo‘ldi. Kechagi voqealar bugun esdan chiqdi. Ertangi voqea oldida ilgari kungisi hech narsa bo‘lmay qoldi. Aqllar, hatto shu voqealarga guvoh bo‘laturg‘on bir tarix borlig‘ini o‘z doiralariga sig‘dira olmay qoldilar.Shunday vaqtda bizning buyuk bir hissiyotli adib va shoirimiz chiqib, o‘shal voqealarning hammasini adabiy tomosha, nafis pyesa holida tarix betlariga naqsh qilib qolmoqchi bo‘ladir. Jur’atni, jasoratni qarang!Hamza Hakimzodaning 6—7 bo‘lakdan iborat valuolaliq (sensatsionniy) “Farg‘ona fojialari” ana o‘shal xovliqishning mevalari edi. Tomoshachi muarriximiz o‘z asarlarini o‘shal vaqtda “tarix uchun oddiy bir matiriyol” deb o‘ylagon emas. Hatto, muni da’vo qilib chiqqanlardan juda qattiq xafa bo‘lgon. “Farg‘ona fojialari” muallifining fikricha Shekspirning “Hamlet”, “Maqbet”, “Ro‘meo‘ va Julet” larining o‘zbek va Farg‘ona muhitidan yetishganlarigina edi; shuning uchun unda yuksak mafkurali qizlar, yuqori tushunchali allaqanday Tal’at afandilar bor edi.O‘shal vaqtning ommasi, xalqi ham qiziq. “Farg‘ona fojialari” dedimi, 5000 kishi sig‘aturg‘on keng sahnalarga ham odam liq to‘la bergan. Muni ko‘rgan muallif, “qimmatlik”, “nafis” asarlarini keng Turkistonning u boshidan bu boshig‘acha ko‘tarib borib, o‘ynatib yurg‘an…Orag‘a “Chig‘atoy gurungi” degan bir jamiyat chiqib qoldi. U jamiyatga mansub kishilar tilni soddalashtirmak maqsadini asos qilib ushlaganlari holda, o‘zbek adabiyotining tugallanishiga ham katta ahamiyat berdilar. Tugallanadurgon adabiyot chin adabiyot bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun adabiy asarlarga haqiqiy qiymatini berib, adabiyot kira olmag‘on narsalarni shafqatsiz suratda maydondan hayday boshladilar. Ana shu harakatning zarbiga uchrag‘onlar orasida, Xurshid Sharafning “Kichik askar”i (o‘zicha: “Kuchuk askar”) bilan birga bizning “Farg‘ona fojialari” ham bor edi.“Chig‘atoy gurungi” asosini mahkam qurg‘onlig‘i va chiziqni to‘g‘ri chizg‘onlig‘i uchun — o‘zi yo‘q ketsa ham o‘zbekning yangi adabiyotida yangi, porloq, sharaflik sahifalar ochdi va ochmoqda davom etadir.Lekin quruq voqealarni ingichka, nozik adabiy yo‘l bilan ko‘rsatmak istagan “Farg‘ona fojialari” o‘shal vaqtlarning o‘shal vaqtdag‘i xabar (xronika) laridan boshqa narsa bo‘la olmadilar. Shuning uchun 20-yillardayoq motamsizgina ko‘muldilar.

    Tarixning takarrurimikan?Yaqinda Qo‘qon (Farg‘ona muzofotining poytaxti) shaharining ko‘chalarida bir xitobnoma qadar uzun, Buxorodag‘i “Anas” yoki “Ulug‘ Turkiston” gazetasining tilidek “qurama” bir e’lon o‘qudim. E’londa: bir-ikki soatlik muqaddima (to‘g‘risi, reqlam!) dan so‘ng “Farg‘ona fojialari”ning sahnaga qo‘yilg‘usi xabari berilgan. Hayron bo‘ldim, shoshdim. Nima uchun shoshding deysizmi? Bu dunyoda “o‘liklarning qaytadan tirilishiga” ishonmag‘onim uchun! Shu uchun hayron bo‘lib shoshqon edim, lokin “Rahimboyev” tiyotrining pardasi ochilib, “bosmachi” va “doshnoq” so‘zlari eshitilgandan so‘nggina “o‘liklarning tirilmagi mumkin bo‘lg‘onlig‘iga” ishondim.

    Pyesadan gapirib o‘lturmayman. Pes va moxov qilib o‘ynolg‘onidan ham so‘z ochmayman. U kungi o‘ying‘a o‘shal o‘zingiz bilgan “atoqli aktrisa” Kuznetsova ham oralashg‘on edi. Ovrupo asarlarida bir ovrupoli qiz ro‘lini qanday o‘ynash lozim bo‘lsa, bir o‘zbek qizi ro‘lini Farg‘ona sahnasida shunday o‘ynag‘on Kuznetsova u kun sahna oldig‘a chiqib gapirgan bir o‘rtoq tomonidan juda ko‘b maxtaldi. Shu joyni sizga bildirib o‘tmasam bo‘lmaydir. O‘zi oddiy bir xizmatchi bo‘lg‘oni holda, “Istanbul dorilfununi muazzinlari”dek gapiraturg‘on bir doshnoq armani ro‘li ham bor. Bu ro‘lni o‘ynagan “Usta” artist arman-ozarbayjon tillarining xususiyatidan shu qadar xabarsiz ediki, o‘shal vaqt doshnoqlarining zulmlarini ko‘rsatmak bilan emas, tillarini buzub, masxara qilib gapirmak bilan ularning adabini bergan bo‘ldi… Barakalla, bu ham katta hunar! Men, u to‘g‘rida ko‘p gapirmoqchi emas edim. Ba’zi bir udur-budur yerlarini ko‘rsatib o‘taman deb, xiyla vaqtingizni oldim. Menim asl to‘xtalmoq istagan no‘qtam shudirkim, shu pyesani shu holda o‘ynamoq bilak ishga kirishgan shu teatr to‘dasi, mahalliy mablag‘ning ta’minotiga o‘tkazilar emish degan gap bor. “Fojialar”ning muallifi va to‘daning ruhi bo‘lg‘on Hamza Hakimzoda o‘rtog‘imiz, atay shu ish uchun Xevadan chaqirilib keltirilgan. Hamza o‘rtoqning o‘zi ham xususiy bir gaplashish vaqtida “shu to‘g‘rida 20—30 kishilik ismeta tuzib muzofot ijroqo‘mig‘a topshirmoqchi bo‘lg‘onini” aytib o‘tdi.O‘zbek teatrini tirgizmak, o‘zbek san’atini yashatmoq yo‘lida Farg‘ona muzofot ijroqo‘mining jiddiy harakat ko‘rsatishi — olqishga loyiq ish. Lekin shuni bilmak kerakkim, o‘zbek teatr va san’ati bu xil san’atdan yiroq asarlar va san’atga 1919-yil ko‘zi bilan qaraydurg‘on to‘dalar tomonidan tirgizilib, yashatila olmas. Bu muhim ishni yosh kuchlarga, san’atni to‘g‘ri ko‘rib taniy oladurg‘on kuchlarga topshirmoq kerak.Shubhasiz, Hamza o‘rtoq o‘zbek teatrining, o‘zbek san’atining yuksalishida muhim bir omil bo‘la oladir, uni bu sohada ishlatmak kerak. Lekin unga bildirmak, tushundirmak kerakkim, o‘zbek teatrini, Turkistonning markazida sobiq “Karl Marks” to‘dasi boshlag‘on to‘g‘ri yo‘l bilan olib bormoq kerak. Bu to‘g‘ri yo‘lga tushgani unamasalar tarixni quramasliq bilan “takarrur” qidirmoqchi bo‘lsalar, sahnani voqealarning quruq bir xabarlar bobidan iborat qilmoq istasalar— ularga xoh mahalliy mablag‘ va xoh boshqa mablag‘dan bir chaqa berish kerak emas.19-yilning “fojeafurushliq” davri o‘tgan va tarixning bu “takarruri” biz uchun zararlik!..

    Cho‘lpon

    Ushbu maqola “Turkiston” gazetasining 1924-yil 14-oktabr sonida chop etilgan. Garchi maqolada sahna asari haqida gap ketsa-da, unda muallifning adabiy-estetik qarashlari yorqin ifodasini topgan.

    Takarrur — arabcha, takror so‘zining ko‘pligi.

    “Farg‘onaning 1919 va 20-yillari esingizda bordir” — Qo‘qon muxtoriyatining qonuniy hukumati bolsheviklar tomonidan mahv etilgach, Farg‘onada birin-ketin dahshatli xunrezliklar sodir etildi: Qo‘qonning vayron qilinishi, dashnoqlar qirg‘ini, milliy g‘ururini va milliy erkini himoya qilib chiqqan erksevarlar (bosmachilar) bilan urush, dahshatli ocharchilik… Cho‘lpon ayni shu narsalarni eslatmoqchi bo‘ladi.

    Voluolalik — sensatsion, shov-shuvga sabab bo‘luvchi.

    Xurshid Sharaf — asl ism-sharifi Shamsiddin Sharafiddinov (1892—1960), Xurshid taxallusi bilan ijod qilgan, shoir, dramaturg, tarjimon, teatr tashkilotchisi. O‘zbek muzikali dramasining asoschilaridan.

    “Buxorodagi ‘Anas’ yoki ‘Ulug‘ Turkiston’ gazetasining tilidek ‘qurama’ bir e’lon o‘qudim” — eslatilayotgan gazetalarning birinchisida tojik, ikkinchisida tatar tiliga xos so‘z va so‘z formalari ishlatilganiga ishora qilinmoqda.

    “Atoqli aktrisa Kuznetsova” — Mariya Kuznetsova (1899—1956), o‘zbek teatrining birinchi aktrisalaridan, O‘zSSR xalq artisti. 1918-yildan Hamza boshchiligidagi “O‘lka sayyor siyosiy truppasi”da o‘ynagan. 1921 —1925-yillarda Qo‘qon teatrida, 1925-yildan to umrining oxiriga qadar hozirgi Hamza teatrida ishlagan.

    “Istanbul dorilfununi ma’zunlaridek gapiraturg‘on…” — dorilfunun lektorlaridek gapiradigan.

    20.10.2021, 07:33   Izoh (0)   22808
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qachon o‘zbekcha gapiramiz?

    20.10.2021, 06:31

    Mavlud nishonlayotgan qizlar, Tojikistonda boshlangan harbiy mashg‘ulot, fotoqopqonga tushgan jayron. 19-oktabr suratlari

    19.10.2021, 23:56

    O‘zbekistonlik harbiylar Britaniyada o‘tkazilgan “Kembriya patruli” musobaqasida 2-o‘rinni egalladi

    19.10.2021, 23:17

    Shavkat Mirziyoyev talabalarga har oy 5 gigabayt internet trafik berilishini ma’lum qildi

    19.10.2021, 22:57

    Sergeliga olib boruvchi yo‘lning birinchi navbati ochildi

    19.10.2021, 22:50

    Rus tilini ona tilimiz deyish uchun avval o‘z tilimizni bilishimiz kerak!

    19.10.2021, 22:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.