O‘zining noodatiy hidga ega shamlari bilan tanilgan Flaming Crap markasi 2021-yilning asosiy voqeasiga bog‘liq iforni taratuvchi The 2021 Scent nomli yangi mahsulotini taqdim etdi, deb xabar beradi Esquire.

Foto: Esquire

Sham to‘rt qatlamdan iborat bo‘lib, ularning har biri alohida iforga ega. Shunday qilib, barchasi TikTok’da virusli trendga aylangan Barries and Cream qo‘shig‘i sharafiga mevalar va qaymoq hidi bilan boshlanadi. Undan keyingi qatlam “Kalmar o‘yini” serialidagi dalgon qandlari kabi asalli karamel kabi hid taratadi.

Uchinchi qatlam Britni Spirs va #FreeBritney harakatiga bag‘ishlangan: u qo‘shiqchi 2005-yilda taqdim etgan Fantasy Britney Spears shirin gulli atirlari hidiga ega. Va nihoyat shamning oxirgi qatlami — antiseptik va shifoxona atmosferasini ifodalovchi vaksinatsiya hidi.

Sham 30 soatgacha yonishga qodir — har bir qatlami, taxminan, 7,5 soatdan. Uning takibida mum bor va shu sababli u veganlarga ham mos keladi, qadog‘i esa qayta ishlangan qog‘ozdan tayyorlangan. Bu kabi shamlarni Flaming Crap sayti orqali 15 funtdan xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Flaming Crap kompaniyasi 2020-yilda ham yil ifori shamini taqdim etgandi.