• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Men ikkitillilikni qanday tushunaman?

    1989-yilning 21-oktabrida O‘zbekistonda mamlakat mustaqilligi ramzlaridan biri — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. 2020-yildan boshlab bu sana O‘zbek tili bayrami sifatida nishonlanmoqda. “Daryo” ushbu sana munosabati bilan oktabrni “O‘zbek tili oyligi” deb e’lon qiladi va oy davomida har kuni til masalasida turli yillarda qilingan va hamon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan chiqishlar, nutqlar, maqolalarni qayta chop etadi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Men ikkitillilikni qanday tushunaman?

    Til haqidagi mulohazalarimga sarlavhani bejiz yuqoridagicha qo‘ymadim. Rosti gap, ikkitillilik haqida hammamiz — yozuvchilar ham, davlat arboblari ham, tarbiyachilar, muxbirlar va shunchaki oddiy fuqarolar ham ko‘p gapiramiz, ammo hech kim bu borada aniq tasavvurga ega emas. Amaldagi ikkitillilik nima o‘zi? Hali biror-bir tilshunos olimimiz bu muammoga astoydil qo‘l urganicha yo‘q. Bu mavzuda bironta jo‘yali ilmiy ish ham yo‘q, borlari ham “Ikkitillilik — xalqlar do‘stligi yo‘lidir!” qabilidagi shiorbop, tashviqotbop ishlar. To‘g‘ri, bular ham kerakdir. Ammo ishontirarli ilmiy tadqiqotlar ham zarur-da. Jazoir, Marokash, Hindiston, Finlyandiya kabi “ikkitilli” mamlakatlarda nazariyotdan allaqachon amaliyotga o‘tganlar. Tasodif emas, bizning tilchilarimiz adabiy ikkitillilik haqida mulohaza yuritayotib, xorijiy adabiyotlar tajribasiga murojaat qiladilar, o‘zimizning xususiy milliy muammolarimizga panja orasidan qaraydilar. Ehtimol, shuning uchun birorta amaliyotchi yozuvchimiz ham ikkitillilik jumboqlarini yechishga urinmadi, hatto Chingiz Aytmatov kabi nufuzli kishi ham SSSR Yozuvchilar soyuzi pravleniyesining plenumida ikkitillilikni qo‘llab-quvvatladi-yu, uning o‘zi nima ekanini tuzukroq tushuntira olmadi, kalavani battar chuvalashtirib yubordi.

    O‘tgan yilning dekabr oyida respublika televideniyesi orqali chiqish qilganda, men shu muammoni anglab ko‘rishga harakat qildim, muammo rostdan ham murakkab va ko‘pqirrali bo‘lgani uchun uning bir qirrasi — kundalik turmushdagi tomonini oldim. Bu, aytaylik, fikr yuritishga ham qulay tomoni. Bu — ish yuritishning ikki tilda — o‘zbekcha va ruscha olib borilishi zarurligi, majlis va yig‘inlarda izchil tarjima qilib turish, shahar, ko‘cha va maydonlar, qishloqlar va hokazolar nomlanishini tartibga solish ehtiyojidir. Busiz hech qaysi ko‘pmillatli jamiyat mo‘tadil kun kechira olmaydi.

    Ammo bu hali yetarli emas, bu ikkitillilik muammosining bir qirrasi, respublika davlat mahkamalarining tashkiliy qobiliyati va harakati bilan yechiladigan tomoni, xolos.

    Hayotiy ikkitillilik muammosi — faqat mahkamachilik muammosi emas, bu ma’naviyat, madaniyatga ham bog‘liq, uni bezak-bejashlarni o‘zgartirish bilangina yechib bo‘lmaydi.

    Til muammosi — bu millatning ma’naviy sog‘lig‘i masalasidir. Bizda bir talay turli-tuman qonunlar mavjud, hatto mahkamachilikning himoyasiga xizmat qiladigan pasport va propiska haqidagi qonun kabilari ham bor, ammo eng zaruri — til haqidagi qonun yo‘q. Mulohaza yurita borib, men respublikaning davlat tili qilib o‘zbek va rus tilini qonunlashtirishni taklif qildim, shu jumladan, O‘zbekistondagi boshqa harakatdagi tillarning ham teng huquqli qo‘llanishiga sharoit yaratishni nazarda tutdim. Go‘yoki murakkab muammoni shu bilan yechganday, ma’naviy hayotimiz va idoraviy faoliyatning erkin rivojiga asos topganday edim.

    Ammo yuqoridagi fikrim shoshib chiqarilganini angladim. Axir, bu bilan biz respublikamizdagi tilga bog‘liq ahvolni battar chuvalashtirib qo‘ymaymizmi? U holda qoraqalpoqlar nima qiladi? Avtonom respublikaning davlat tili sifatida qoraqalpoq va rus tilini e’lon qilish kerakdir? O‘zbek tili-chi? Ehtimol, Qoraqalpog‘iston ASSR O‘zbekiston SSR tarkibiga kirgani uchun qoraqalpoqcha va o‘zbekchani davlat tili etarmiz? Rus tili-chi? Yoxud avtonom respublikada uch asosiy tilni — qoraqalpoq, o‘zbek va rus tillarini davlat tili deb tanishimiz lozimdir? Bu millatlararo munosabatlarni, madaniyat va mahkamachilik faoliyatini yanada murakkablashtirib yubormaydimi?

    Menga shunday tuyuladiki, real ikkitillilik, ko‘pmilliylik sharoitida bir til ikkinchi tilga teng bo‘lish uchun boshqa tilning xizmatiga taqlid qilishi shart emas. Tenglik raqamlarda — deylik, ellikka ellik qilib — qurilmaydi. Biz, o‘zbeklar uchun ona tilimizni yo‘qotish o‘ta fojiadir — axir, biz tilni o‘z milliy muhitimizda yo‘qotayotib, uning boshqa hech qayerda, O‘zbekistondan tashqarida tirilmasligini bilamiz-ku.

    O‘zbekistonda yashayotgan ruslarning sezgisi boshqacharoq kechadi. Ehtimol, u yoki bu mahalliy rus yozuvchisi asari tilining qashshoqligi uning g‘ashini keltirar, ammo u uning ona tili Rossiyada to‘laqonli harakat qilayotganini biladi.

    Rossiyadagi klassik va hozirgi zamon rus adabiyoti Rossiyadan tashqarida yashovchi ruslarni ham ma’naviy oziqlantirib turadi. Shuning uchun bizning rus do‘stlarimiz o‘z tillarining o‘zbek tili bilan tengligini, avvalo, uning ishchi funksiyasida — ishlab chiqarish, ilmiy, pedagogik va boshqa sohalardagi mavqeyida ko‘radilar.

    Shunga ko‘ra, u yoxud bu tilning mavqeyi birinchi galda mahalliy va muhojir aholining milliy, tarixiy va madaniy o‘ziga xosligi va jamiyatdagi hozirgi siyosiy va iqtisodiy ahvoli bilan belgilanadi.

    Shuning uchun, O‘zbekiston SSRning kelgusi til haqidagi qonunida o‘zbek tili respublikaga nom bergan mahalliy aholi tili sifatida davlat tili deb e’lon qilinishi kerak.

    Rus tili esa qonuniy tarzda nafaqat millatlararo aloqa vositasi sifatida — bu bizning ko‘pmillatli davlatimizda o‘z-o‘zidan ayon — balki o‘zbek tili bilan birga ish yuritish tili, deb belgilanishi kerak. Bu nafaqat rus tilli aholi, balki respublikada yashayotgan boshqa xalqlar uchun ham lozim. Til haqida qonunda, tabiiyki, O‘zbekistondagi hamma xalqlar tillarining erkin rivoji va qo‘llanishi huquqi ham aytilgan bo‘lishi zarur.

    Mening milliy — rus ikkitilliligi kabi murakkab muammoning ba’zi yo‘nalishlari haqidagi mulohazalarim shunday. Balki, bu fikrlar bahstalabdir.

    Temur Po‘latov

    “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi, 1989-yil, 21-aprel

    18.10.2021, 23:43   Izoh (0)   17776
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh sobiq davlat kotibi Kolin Pauell vafot etdi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamdardlik bildirdi

    18.10.2021, 23:17

    Toshkentda harakatlanayotgan Matiz’da yong‘in kelib chiqdi

    18.10.2021, 22:36

    O‘zbekistonning qaysi viloyatida doimiy aholi soni eng ko‘pligi ma’lum qilindi

    18.10.2021, 21:37

    O‘zbekistonda transportda yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashishga oid jarima uch baravar kamaytiriladi

    18.10.2021, 21:16

    O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilib, daromad solig‘i to‘lamaydiganlar soni 1 mln kishidan oshdi

    18.10.2021, 20:36

    Toshkentda mast ota o‘g‘lini bolg‘a bilan urib o‘ldirib qo‘ydi

    18.10.2021, 20:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.