• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston qamoqxonalarida 2000 dan ziyod diniy va siyosiy mahbus bor — AQSh komissiyasi hisoboti

    AQShning Xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha komissiyasi (USCIRF) 13-oktabr kuni O‘zbekistondagi diniy va siyosiy mahbuslar haqida hisobotini e’lon qildi (.pdf). Tadqiqot hukumat ma’lumotlari, amaldorlar, yaqinda qamoqdan ozod etilgan shaxslar, huquq himoyachilari va ayni vaqtda jazo muddatini o‘tayotgan mahbuslarning qarindoshlari bilan o‘tkazilgan suhbatlar, shuningdek, sud hujjatlari asosida tayyorlangan, deb yozadi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Hisobotda ta’kidlanishicha, mamlakatda prezident o‘zgargan 2016-yil oxiridan beri minglab mahbuslar ozod etilganiga qaramay, 2000 dan ziyod odam konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish, taqiqlangan adabiyotlarni saqlash yoki taqiqlangan guruhlarga a’zo bo‘lish kabi “mujmal va haddan tashqari keng talqin qilish mumkin bo‘lgan ayblovlar” bilan qamoqda qolmoqda.

    Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, qamoqxonalarda diniy va siyosiy motivlarga ko‘ra sudlangan 1176 nafar, manzil-koloniyalarda esa 1000 nafar — jami 2176 nafar mahbus saqlanmoqda. Bu mamlakatdagi barcha mahbuslarning taxminan 10 foizini tashkil etadi (2020-yil oxirida O‘zbekistondagi 43 ta qamoqxonada 22 867 nafar mahkum saqlanayotgan edi).

    “Bu sobiq sovet respublikalaridagi barcha diniy mahbuslar yig‘indisidan ham ko‘p va jahon bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir”, — deyiladi hisobotda.

    USCIRF ma’lumotiga ko‘ra, hisobotda nomlari zikr etilgan mahbuslarning “aksariyat ko‘pchiligi” “qiynoqlar va shafqatsiz munosabat, shuningdek, hibsga olish va sudlov jarayonida advokat himoyasidan foydalanish yoki advokat bilan bog‘lanishga doir iltimoslarning rad etilishi haqida ishonchga sazovor bayonotlar bergan”.

    Hisobotda qayd etilishicha, O‘zbekistondagi minglab “vijdon mahbuslari” 20 yildan ziyodga ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tamoqda, bu esa “jahondagi diniy qarashlar uchun belgilangan eng uzoq muddatli hukmlardan biridir”. Hisobot mualliflarining yozishicha, ko‘pincha din bilan bog‘liq ayblovlar bilan “bir oilaning turli avlod (yosh)ga mansub bir necha a’zolari” qamoqqa tushadi.

    USCIRF’dan ma’lum qilishlaricha, “diniy mahbuslarning katta qismi” zo‘ravonliklarga aloqadorligi isbotlanmagani holda, faqat taqiqlangan diniy guruhlarga a’zolikda ayblanib, sudlangan.

    Hisobotda “diniy mahbuslarning jazo muddatini o‘zboshimchalik uzaytirish va ularni jazoni o‘tash vaqtida takroran sud qilish bilan bog‘liq xavotirli manzara” qayd etib o‘tilgan.

    “Xususan, Karimov davrida diniy va siyosiy mahbuslarning qamoq muddatini o‘zboshimchalik bilan uzaytirish uchun tez-tez qo‘llanilgan Jinoyat kodeksining mashhur 221-moddasi (jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik) bekor qilinganiga qaramay, O‘zbekistondagi diniy va siyosiy mahbuslarning katta qismi hozirda ham qamoqda bo‘lgan vaqtida hukmlari yangi ayblovlar bilan qayta ko‘rib chiqilgani bois hamon tutqunlikda qolmoqda. Takroriy hukmlar adolatli sudlov standartlariga rioya etilmagan holda chiqarilmoqda”, — deyiladi hisobotda.

    Komissiyaning ta’kidlashicha, O‘zbekiston hukumati diniy mahbuslarga nisbatan chiqarilgan takroriy hukmlar bo‘yicha aniq ma’lumotlarni taqdim etmagan. Biroq, hisobotga ko‘ra, Jinoyat kodeksining ekstremizmga aloqador 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 216-moddasi (jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish), 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) kabilar bilan sudlangan ko‘plab mahbuslar takroran jazolangan. Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, bunday mahbuslar uchun yangi jazolar 6 yildan 18 yilgacha bo‘lgan muddatni tashkil etadi.

    Komissiyaning fikricha, O‘zbekiston rasmiylari jazo muddati uzaytirilgan yoki jazoni o‘tash vaqtida Jinoyat kodeksining 221-moddasi bo‘yicha takroran hukm qilingan har bir mahkumning ishini maqsadli ravishda imkon qadar tez o‘rganib chiqishi lozim.

    Hisobotda mahbuslarning bir qismi xorijdan majburan qaytarib olib kelingani, ayrim holatlarda tegishli huquqiy jarayonlar va inson huquqlari sohasiga doir boshqa talablar buzilgani yuzasidan xavotirlar bildirilgan. Bunday shaxslar qatorida BAAdan ekstraditsiya qilingan Muhammadjon Ahmadjonov va Rossiyadan, mehnat muhojirligidan qaytishi bilan hibsga olingan Umar Badalov sanab o‘tilgan.

    “O‘zbekiston Jinoyat kodeksining ko‘plab, xususan, ‘diniy ekstremizm’ va ‘aksilkonstitutsiyaviy faoliyat’ga daxldor hamda 2021-yil martida tuzatish taklif qilingan moddalari shu qadar mujmal va keng qamrovliki, ular inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquq normalarini ham buzadi... Ushbu ayblovlar asosida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan chiqarilgan hukmlar haqiqiy emas va bu hukmlar birgina shu asos bilan bekor qilinishi lozim”, — deyiladi USCIRF hisobotida.

    Komissiya sudlanganlarning reabilitatsiyasi bilan bog‘liq masalalardagi muammolarni ham qayd etib o‘tgan. Faqat oqlov hukmigina reabilitatsiya va zararni qoplash huquqidan foydalanishga imkon bersa-da, ozod etilgan diniy va siyosiy mahbuslarning bari qonuniy reabilitatsiyani istisno qiladigan afv yoki amnistiya ko‘rinishida erkinlikka chiqqan.

    “Ba’zi hollarda mahbuslardan o‘z ayblarini tasdiqlash yoki rasman yozma ko‘rinishda afv etishni iltimos qilish so‘ralgan, bu esa kelgusida ularni oqlash yoki reabilitatsiya qilishga urinishlarni imkonsiz qilib qo‘ygan. Ko‘pchilik shartli ravishda ozod etilgan. Ayrimlardan o‘zining kompensatsiya huquqi yoki zararni qoplashning boshqa shakllaridan voz kechishi so‘ralgan. Ko‘plab ish beruvchilar sobiq diniy yoki siyosiy mahbuslarni ishga olishni xohlamaydi, chunki jarima solinishi mumkinligidan yoki foydali davlat shartnomalaridan quruq qolishdan qo‘rqadi; boshqalarning esa salohiyatli xodim haqiqatan ham oddiy jinoyatchi bo‘lmaganiga ishonchi komil emas”, — deyiladi hisobotda.

    USCIRF’ning qayd etishicha, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan ish takliflari ko‘pincha “insonning malakasi nuqtai nazaridan nomuvofiq va ba’zan tahqirlovchi ham”dir.

    “Ozod etilganidan so‘ng reabilitatsiya qilingan shaxs maqomini olish amalda haddan tashqari murakkab va ozod etilgan diniy mahbuslarning juda kam qismi o‘z ishlarining qayta ko‘rib chiqilishiga erishishi yoki reabilitatsiyadan o‘tishi mumkin”, — deydi komissiya vakillari.

    “Jiddiy islohotga muhtoj soha”

    O‘zbekiston mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimovning vafotidan so‘ng diniy erkinliklar sohasida sezilarli o‘sishga erishdi, biroq, ekspertlarning fikricha, vaziyatni yanada yaxshilash uchun hali ham imkoniyatlar bor.

    Vaziyatni o‘rganish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan va USCIRF hisoboti muallifi hisoblangan huquq himoyachisi Stiv Sverdlovning ma’lum qilishicha, “rasmiylar, ayniqsa davlat xavfsizlik xizmatlari, terrorizm masalasida, xususan, qo‘shni Afg‘onistondan kelayotgan xavotirlar sababli diniy erkinlikni muvozanatlashtirishiga to‘g‘ri keldi”, deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Washington Times.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda “qabul qilinayotgan barcha qarorlarga xavfsizlik xizmatlari haddan tashqari ko‘p bosim o‘tkazishda davom etayotgani bilan bog‘liq asosiy tizimli muammo hamon mavjud”.

    Komissiyaning ma’lum qilishicha, Islom Karimov davrida qamoqxonalarda 7 mingdan 10 ming nafargacha siyosiy va diniy mahbuslar bo‘lgan. Bundan tashqari, “ehtimoliy diniy aqidaparastlar”ning “qora ro‘yxatlari” ham yuritilgan bo‘lib, ularga o‘n minglab fuqarolarning ismi-sharifi kiritilgan edi.

    O‘zbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligi davrida 20 mingdan ziyod “mustaqil musulmonlar va ularning qarindoshlari” “qora ro‘yxat”dan o‘chirildi. Shu bilan birga, 65 dan ziyod taniqli siyosiy mahbuslar, shuningdek, diniy mahbuslarning katta guruhi ozod etildi.

    Biroq, BMT tuzilmalarining ko‘p sonli da’vatlariga qaramay, O‘zbekiston rasmiylari diniy motivlarga asosan sudlanib, ozod etilgan yoki hamon hibsda qolayotgan fuqarolarning soni yoki ismlarini e’lon qilmagan.

    “Bugun taqdim etilgan hisobot O‘zbekistonning muvaffaqiyatlari ahamiyatini kamaytirmaydi, balki hali ham jiddiy islohotga muhtoj sohani alohida ajratib ko‘rsatadi”, — deya ma’lum qildi USCIRF raisi Nadin Maenza.

    Komissiya raisi o‘rinbosari Nuri Turkel 53 yoshli Muhitdin Ergashev va 42 yoshli Farrux Yo‘ldoshevning ishlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikkala mahkum qiynoqqa solingan, Yo‘ldoshevning yetti yillik jazo muddati 2000-yildan beri bir necha bor uzaytirilgan. Ergashev esa 15 yilga, uning ikki o‘g‘li esa 12 va 11 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

    “Ushbu shaxslar va hisobotda nomlari zikr etilgan boshqa 79 kishi zo‘ravonlik, zo‘ravonlik tahdidlari, zo‘ravonlikka undash yoki boshqa har qanday jinoiy xulq-atvorga aloqadorligini yoki shunday harakatlarni sodir etishda ishtirok etganini tasdiqlovchi ishonchli dalillar yo‘q”, — deydi Turkel.

    Hisobotda jami 81 nafar sudlanuvchining ismlari keltirilgan bo‘lib, ular orasida Fayzulla A’zamov, Jahongir Kamolov, Tohir Jumanov, Miraziz Mirzaahmedov, Ravshan Karimov, Jamshidbek Otabekov, Shamsiddin G‘iyosov, Rustam Turnaziyev, Namoz Normurodov, Bahromjon Inog‘omov, Shuhrat Usmonov, Qodir Yusupov va boshqalar bor.

    Mavzuga doir: AQSh komissiyasi diniy erkinliklar sohasida O‘zbekistonni ilk bor “qora ro‘yxat”dan chiqardi

    16.10.2021, 06:06   Izoh (0)   24282
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Masjiddagi namoyish, kul bilan qoplangan shahar, protez oyoq orzusidagi bola. 15-oktabr suratlari

    15.10.2021, 23:54

    Samarqandda avtobus tramvay yo‘lini kesib o‘tib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlandi (video)

    15.10.2021, 23:29

    Bulbul xonishi va “to‘ti falsafasi”

    15.10.2021, 23:18

    O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi Alisher Qodirovning migrantlarni soliqqa tortish to‘g‘risidagi taklifi yuzasidan munosabat bildirdi

    15.10.2021, 23:13

    Turkistonda ruslar

    15.10.2021, 23:02

    O‘zbekistonda 12 yoshdan katta 151 mingdan ortiq bola Pfizer vaksinasi bilan emlandi

    15.10.2021, 22:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00

    Surxondaryoda ikki hayvonni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:40

    “Manchester Yunayted” “Real” futbolchisi uchun 90 mln yevro taklif qildi

    Sport | 12 iyul, 17:35

    O‘zbekistonda soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish tartibi soddalashtiriladi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:10

    AQSH harbiy aerodromlarni “robot bo‘rilar” himoya qilmoqda (foto)

    Layfstayl | 12 iyul, 16:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.