Qarshida qum ortilgan yuk mashinasi ag‘darilib ketishi oqibatida Nexia va Spark mashinalariga ham zarar yetgani aks etgan fotolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. YHXBB matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Unda aytilishicha, 14-oktabr kuni soat 10:30 larda Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri hududidan o‘tuvchi 4R-79 Qarshi—Shahrisabz avtomobil yo‘lining 5-kilometrida Howo yuk mashinasi, Nexia va Spark ishtirokida YTH sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, transport vositalariga zarar yetgan. Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.