Markaziy bank 15-oktabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 10,60 so‘mga ko‘tarilib, 10 710,63 so‘mni tashkil qildi. Yevro 70,09 so‘mga ko‘tarilib, 12 436,11 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi 16,02 so‘mga ko‘tarilib, 10 700,03 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyuta kursi qatorasiga uchinchi kun ko‘tarildi.

Eslatib o‘tamiz, 15-fevraldan ichki valyuta bozoridagi oldi-sotdi operatsiyalari tartibiga oid o‘zgarishlar kuchga kirdi. Shundan buyon rasmiy valyuta kursi har kuni e’lon qilinmoqda.