Markaziy bank 14-oktabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 16,02 so‘mga ko‘tarilib, 10 700,03 so‘mni tashkil qildi. Yevro 17,44 so‘mga ko‘tarilib, 12 366,02 so‘m bo‘ldi. Mamlakatda ushbu valyutaning rasmiy kursi birinchi marta 16-sentabr kuni 10 700 so‘mdan oshgandi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi 18,01 so‘mga ko‘tarilib, 10 684,01 so‘mni tashkil qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 15-fevraldan ichki valyuta bozoridagi oldi-sotdi operatsiyalar tartibiga oid o‘zgarishlar kuchga kirdi. Shundan buyon rasmiy valyuta kursi har kuni e’lon qilinmoqda.