Hunza G va Frame brendlari o‘z egasining semirishi yoki ozishiga qarab o‘zgaruvchi kiyimlar lineykasini taqdim etdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Daily Mail

Ma’lum qilinishicha, koronavirus pandemiyasi vaqtida “moslashuvchan moda” deb ataluvchi flexible fashion — oversayz va uniseks uslublari ommalashgan.

Endilikda dizaynerlar elastik Eto matosidan tikilgan, o‘lchamlari 23 dan 28 gacha va 29 dan 34 gacha o‘zgaradigan djinsilarni taqdim etdi. Bu kabi ust-bosh narxi 280 funt sterlingni tashkil etadi.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Shuningdek, bu har bir tomonini kamida bir santimetrga kattalashtirish mumkin bo‘lgan ko‘ylaklarga ham taalluqli.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Avvalroq Shimoliy Karolina universiteti muhandislari “antichivin” kiyimni yaratishga muvaffaq bo‘lgandi. Kiyim matodan tikilgan va uning tarkibida insektitsidlar mavjud emas.