Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jastin Biberning aktyor Tom Kruzga gitara chalishni o‘rgatgan videosi tarqaldi.

Foto: Esquire

Tomning gitara chalishni eplay olmagani aks etgan rolikka shunchaki jim qarab tura olmagan Jastin unga haqiqiy musiqa nimaligini o‘rgatib qo‘ymoqchi bo‘lgan.

Shunday qilib, Biber 2 soat davomida Instagram stories’ida Tomga gitarani qanday chalish kerakligini o‘rgatgan. Ammo rolikdagi Tom Kruz haqiqiy bo‘lmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, u gitara chalayotgani aks etgan video dipfeyk-texnologiya yordamida tayyorlangan.

Foto: Esquire

Aslida Kruzning rolini boshqa bir aktyor amalga oshirgan bo‘lib, uning yuzida neyrotarmoq yordamida yaratilgan niqob bo‘lgan.

Jastin Kruz aks etgan video anchadan beri Gollivud yulduzlarining ko‘rinishidagi dipfeyklar tarqatadigan TikTok’dagi @deeptomcruise sahifasida e’lon qilinganiga e’tibor bermagan. Bu ham yetmagandek: “Tom Kruz, gitara chalish qobiliyatingdan ta’sirlandim”, deb yozib qoldirgan. Stories’da esa aktyorning gitaradagi ijro mahorati ustidan kulgan va haqiqiy Tomning akkauntini belgilagan.

Foto: Esquire

Keyinroq xatosini tushunib yetganidan keyin: “Bu haqiqiy Tom Kruz emasmi? Nima bo‘lsa ham bu juda kulgili”, deb yozib qoldirgan.

Foto: Esquire