AQShning Florida shtatida yashovchi ayol bir kunda ikkita lotereyadan 2 million dollardan pul mukofoti yutib oldi, deb xabar beradi Esquire.
64 yoshli Syuzen Fitton sentabr o‘rtalarida Mega Millions lotereya chiptasidan ikkita sotib olgan bo‘lib, undagi raqamlar kombinatsiyasi mos kelgan. O‘yin vaqtida avtomat chiqargan beshta shar ushbu kombinatsiyani hosil qilgan.
Natijada amerikalik ayol 4 million dollarni qo‘lga kiritgan. Syuzen chipta xarid qilgan do‘konga 10 ming dollar miqdoriga mukofot beriladi.
Ta’kidlanishicha, Mega Millions’da g‘olib bo‘lish uchun katta omad kerak. Ekspertlarning hisob-kitobiga ko‘ra, 1 million dollar yutish ehtimolligi 12 607 306 ga 1 ni tashkil etadi.
Avvalroq amerikalik ayol koronavirusga qarshi emlanganlar o‘rtasida o‘tkazilgan lotereyada 2 million dollar yutib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)