Futbol bo‘yicha Millatlar Ligasining bronza medali uchun Italiya va Belgiya terma jamoalari 10-oktabr, yakshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqasida Nikolo Barella italiyaliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 65-daqiqada Domeniko Berardi penaltini aniq bajarib, jamoasining ikkinchi golini urdi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida Sharl de Ketelare hisobni qisqartirdi.

Shu tariqa Italiya terma jamoasi Millatlar Ligasining bronza medaliga ega chiqdi. Finalda Ispaniya va Fransiya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.

Millatlar Ligasi

3-o‘rin uchun bahs

10-oktabr, yakshanba

Italiya — Belgiya 2:1

Gollar: 1:0 – 46 Barella, 2:0 – 65, penalti Berardi, 2:1 – 86 de Ketelare.

Italiya – Donnarumma, Bastoni, Emerson, Acherbi, Di Lorenso, Lokatelli, Barella (Kristante, 70), Kyeza (Bernardeski, 90), Pellegrini (Jorjinyo, 71), Berardi (Insinye, 90), Raspadori (Kin, 65).

Belgiya – Kurtua, Vertongen, Alderveyreld, Denayer, Kastan, Salemakers (de Ketelare, 59), Vitsel, Karrasko (Trossard, 87), Tilemans (de Bryuyne, 59), Vanaken, Batshuayi.

Ogohlantirishlar: Vertongen (14), Di Lorenso (30), Vitsel (56), Alderveyreld (63), Emerson (82).