Har yili o‘tkaziladigan Nature Conservancy foto tanlovida kapalaklar bilan o‘ralgan dasht gorillasining suratini olgan Anup Shoh Gran-pri bilan bilan taqdirlandi. Bu haqda tabiatni muhofaza qilish tashkiloti saytida xabar berilgan, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: “nature.org”

Suratkash dasht gorillasini Markaziy Afrika Respublikasida kadrlarga muhrlashga muvaffaq bo‘ldi. Keniyada tug‘ilgan va hozirda Buyuk Britaniyada yashovchi Shohning ishi tanlovda ishtirok etgan 100 mingdan ortiq kadrning eng yaxshisi deb topilgan.

Foto: “nature.org”

Tomoshabinlar mukofoti hindistonlik Pratxamesh Gadekarning tropik yomg‘irdan oldin tushirgan fotosuratiga nasib etdi.

Foto: “nature.org”

“Peyzaj” turkumi bo‘yicha Braziliyaning Mato Grosso shtatidagi qurib qolgan botqoq tuprog‘ida Paragvay timsohi skeleti aks etgan braziliyalik Deniyel de Granvil Mansuning “Qurg‘oqchilik” deb nomlangan surati g‘olib bo‘ldi.

Foto: “nature.org”

Ikkinchi o‘rinni braziliyalik Denis Fereyra Netuning Serra-du-Mar surati, uchinchi o‘rin esa amerikalik suratkash Yassen Todorovning “Tuzli hovuzlar”iga nasib etdi.

Foto: “nature.org”

“Odamlar va tabiat” nominatsiyasida belgiyalik Alan Shrederning “Orangutanlarni qutqarish” surati g‘olib bo‘ldi. Unda operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rayotgan indoneziyalik orangutan – uch oylik Brenda tasvirlangan.

Foto: “nature.org”

Ikkinchi o‘ringa avstraliyalik Tom Overollning “Qum bo‘roni” surati, uchinchi o‘ringa esa turkiyalik Sebnem Joshkunning “COVID -19 chiqindilari” surati loyiq ko‘rilgan.

Foto: “nature.org”

Foto: “nature.org”

“Suv” toifasida birinchi o‘rin bangladeshlik Kazi Arifujamanning “Suv va odamlar” suratiga nasib etdi. Ikkinchi o‘rinni meksikalik Xoram Mennes “Cho‘kish”, uchinchi o‘rinni “Qishki Islandiya” surati bilan gongkonglik Man Vay Vong egalladi.

Foto: “nature.org”

Foto: “nature.org”

Foto: “nature.org”

“Yovvoyi tabiat” nominatsiyasida g‘olib avstraliyalik Buddxilini de Suzaning “Mashaqqatli suzish” surati bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni polshalik Mateush Pesakning “Kungaboqar”, uchinchi o‘rinni chexiyalik Viktor Vrbovskiyning “Baliq ovi” deb nomlangan surati egalladi.

Foto: “nature.org”

Foto: “nature.org”

Foto: “nature.org”