Futbol bo‘yicha Millatlar Ligasi yarim finali doirasida Italiya va Ispaniya terma jamoalari 6-oktabr, chorshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Milanda o‘tgan o‘yin 2:1 hisobida ispanlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. 17-daqiqada Ferran Torres chap qanotdan oshirilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. 45+2-daqiqaga kelib, “Manchester Siti” vakili dublni rasmiylashtirdi. Qayd etish kerak, gol bo‘lishidan bir oz avval Leonardo Bonuchchi Serxio Busketsga qarshi qo‘pollik qilgani uchun ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydondan chetlatildi.

Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanishiga 7 daqiqa qolganida Lorenso Pellegrini Federiko Kyezaning faolligidan keyin gol urib, hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq bu mag‘lubiyatdan qutulib qolish uchun yetarli bo‘lmadi.

Ispaniya terma jamoasi finalda Belgiya va Fransiya o‘rtasida 7-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan ikkinchi yarim final uchrashuvi g‘olibi bilan finalda to‘qnash keladi.

Qayd etish o‘rinli, mazkur o‘yinda Italiya terma jamoasining 37 o‘yindan iborat bo‘lgan mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘yildi.

Millatlar Ligasi

1/2 final bahsi

6-oktabr, chorshanba

Italiya — Ispaniya 1:2

Gollar: 0:1 – 17 Ferran Torres, 0:2 – 45 Ferran Torres, 1:2 – Pellegrini.

Italiya – Donnarumma, Emerson, di Lorenso, Bastoni, Bonuchchi, Bernardeski (Kyellini, 46), Jorjinyo (Pellegrini, 64), Insinye (Kin, 58), Verratti (Lokatelli, 58), Kyeza, Barella (Kalabriya, 72).

Ispaniya – Unai Simon, Alonso, Laport, Aspilikueta, Pau Torres, Sarabiya (Xil, 75), Koke (Merino, 75), Ferran Torres (Pino, 49), Buskets, Oyarsabal, Gavi (Serji Roberto, 83).

Ogohlantirishlar: Bonuchchi (30), Aspilikueta (45), Sarabiya (65), Pino (71), Lokatelli (81), Oyarsabal (89).

Chetlatish: Bonuchchi (42).