Ijodkorlarning qancha haq olishi ko‘pchilik uchun qiziq. Har yili xorij kinoyulduzlarining yillik daromadlari ommaga e’lon qilinadi, ammo o‘zbek ijodkorlarining daromadlari haqidagi ma’lumotlar sir saqlanadi. Aslida, uni oshkor etishning yomon tomoni yo‘q. Gonorar ijodkorning mehnatiga yarasha to‘lanadigan haq hisoblanadi. O‘zbek kinosining taniqli rejissorlari bilan muloqotda bo‘lib, bugungi kundagi eng talabgir aktrisalar va ularning kunlik gonorar miqdorini o‘rganishga qaror qildik.

Foto: Durdona To‘laganova arxividan

Durdona To‘laganova  –  “Jurnalist”, “Sevgi”, “Shukrona”, “Sensiz” seriallari va “Koreyalik kelin”, “Ojiza”, “Ayriliq”, “Yo‘qotilgan jannat”, “Hijron” filmlarining rejissori:

  1. Dilnoza Kubayeva;
  2. Ra’no Shodiyeva;
  3. Nigora Karimboyeva.

Foto: Dilshod Ahmedov arxividan

Dilshod Ahmedov – “Vijdon azobi”, “Fitna”, “Saboq”, “Omonat” va “Jumboq” serillari rejissori:

  1. Dilnoza Kubayeva;
  2. Asal Shodiyeva;
  3. Rayhon Ulasenova.

Foto: Ruslan Mirzayev arxividan

Ruslan Mirzayev – “Snayper”, “Yondiradi, kuydiradi”, “Farhod va Shirin”, “Jodugar” filmlari va “Yuraklar jangi” seriali prodyuseri:

  1. Lola Yo‘ldosheva;
  2. Asal Shodiyeva;
  3. Rayhon Ulasenova.

Foto: Shavkat Komilov arxividan

Shavkat Komilov – “Komila”, “Singlim”, “Aybsiz aybdor” filmlari va “Zalolat”, “Mazlumlar” seriallari prodyuseri va rejissori:

  1. Dilnoza Kubayeva;
  2. Zarina Nizomiddinova;
  3. Asal Shodiyeva.

Foto: Umid Xusanov arxividan

Umid Xusanov – “Daydi qizning daftari” seriali rejissori:

  1. Dilnoza Kubayeva;
  2. Zarina Nizomiddinova;
  3. Shahzoda Matjonova.

Rejissor va prodyuserlarning fikrlarini umumiylashtirib, hozirgi kunda eng talab yuqori bo‘lgan aktrisalar va ularning gonarar miqdori qanchaligini bilishga harakat qildik.

1. Dilnoza Kubayeva – injiq va mas’uliyatli ijodkor. U seriallarda suratga tushishni yoqtirmaydi. Uning kunlik gonorar miqdori 500—700 AQSh dollarini tashkil etadi.

2. Asal Shodiyeva ijodiy takliflarni qabul qilishda partnyorlarning kimligiga alohida e’tibor beradi. Uning injiq va qaysarligini inobatga olmaganda, u bilan ishlash maroqli. Aktrisaning kunlik gonorar miqdori taxminan 500 AQSh dollarini tashkil etadi.

Foto: Instagram / @asalshodieva

3. Zarina Nizomiddinova – atrofdagilar kayfiyati bilan hisoblashishlarini istaydigan aktrisa. U uchun pul unchalik ahamiyatga ega emas. Shu bois, vaziyatga qarab gonorar miqdorini kamaytirishi yoki oshirishi mumkin. Uning kunlik gonorari taxminan 300—500 AQSh dollarini tashkil etadi.

Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova

4. Shahzoda Matchonova – o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan, suratga olish maydonchasida yonib ishlaydigan aktrisa. Uning gonorar miqdori 300—500 AQSh dollarini tashkil etadi. Ammo keyingi paytlarda u faqat kliplarda suratga tushmoqda. Aktrisa yirik loyihalarda ishtirok etishni istamayapti.

Foto: Instagram / @shahzodamatchanova

5. Rayhon Ulasenova – mahoratli va o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan ijodkor. Uning kunlik gonorar haqqi 250—300 AQSh dollarini tashkil etadi. Faqat aktrisaning bo‘sh vaqtini topish nihoyatda mushkul. Chunki uning to‘y-xizmatlaridagi gonorari bundan ancha qimmat.

Foto: Instagram / @raykhonulasenova_official

6. Ra’no Shodiyeva – ochiqqo‘ngil aktrisa hech kimni xafa qilishni istamaydi. Debyutant rejissor va prodyuserlarni hamisha qo‘llab-quvvatlaydi. Shu bois, uning gonorar haqqi haqida aniq raqamlarni aytish mushkul. O‘rtacha gonorari kuniga 200 AQSh dollarini tashkil etadi.

Foto: Instagram / @shodiyevarano

7. Nigora Karimboyeva – talabchan va barchadan professionallikni talab qiladigan ijodkor. Uning kunlik gonorar haqqi 200 AQSh dollarini tashkil etadi.

Foto: Instagram / @nikarimbaeva

8. Feruza Normatova, Shahzoda Muhammedova, Durdona Qurbonova — bu yosh aktrisalarning kunlik gonorari 100-150 AQSh dollarini tashkil etadi.

Mazkur ro‘yxatdan aktrisa Yulduz Rajabova ham o‘rin egallashi kerak edi. Chunki u ham o‘zbek kino san’atidagi eng qimmat aktrisalardan biri hisoblanadi. Aktrisa so‘nggi yillarda xususiy kinostudiyalar bilan ishlamayapti va serillardan tushadigan takliflarni rad etmoqda.

Muallif:Nargizaxon Murodova