Gollivudning Shon-shuhrat xiyobonida 6-oktabr kuni aktyor Deniel Kreygga atab yulduz o‘rnatiladi, deb xabar beradi “Film.ru”.

Foto: “Film.ru”

Marosim 8-oktabr kuni AQShda katta ekranlarga chiqadigan “O‘lish vaqti emas” filmiga bag‘ishlangan. Tantanali marosimda Kreygning ushbu kartina bo‘yicha hamkasbi Rami Malek va Jeyms Bond haqidagi filmlar prodyuserlari Barbara Brokkoli hamda Maykl J.Uilson so‘zga chiqadi.

Kreyg “Josus 007” haqidagi filmlarda ijro etgan roli uchun “yulduz”ga ega bo‘lgan to‘rtinchi aktyorga aylanadi. Bunga qadar ushbu sharafga Devid Niven, Rojer Mur va Pirs Brosnan loyiq ko‘rilgan. Kreygning yulduzi 7007 Hollywood Boulevard manzilida, Murning yulduzi yoniga joylashtiriladi.

Avvalroq Jeyms Bondni gavdalantirgan aktyorlar reytingi e’lon qilingandi. Unda birinchi o‘rinni Shon Konneri egallagan. Shuningdek, Deniel Kreyg Jeyms Bond kabi Britaniya harbiy dengiz flotining faxriy ofitseriga aylangan.