1-oktabr kuni olingan sara suratlarni taqdim etamiz.

Kobuldagi madrasada Islomning muqaddas kitobi bo‘lgan Qur’onni o‘qiyotgan bola.

Foto: AP Photo

Fransiyadagi Boval hayvonot bog‘idagi Xuan Xuan laqabli panda yosh Fleur de Kotonni quchoqlamoqda.

Foto: AFP

Londonda an’anaviy Sudyalar xizmati majlisi oldidan Vestminster Abbeyining g‘arbiy eshigi oldida kutib turgan paytda o‘z telefonlaridan foydalanayotgan sudyalar.

Foto: PA

Dakka yaqinida baland o‘simliklar oldida suratga tushayotgan yoshlar.

Foto: Shutterstock

Dublinlik echki boquvchi Melissa Juken o‘rmon yong‘inlari vaqtida ko‘chirib olib kelingan Norma laqabli irland echkisiga qarab turibdi.

Foto: Reuters

Kobulda juma namozini o‘qishdan oldin gul ushlab suratga tushayotgan “Tolibon” a’zosi.

Foto: AFP

Sankt-Peterburgdagi Isaak soborida Romanovlar sulolasining avlodi Georgiy Mixaylovichning Italiya fuqarosi Rebekka Bettarini bilan to‘yi bo‘lib o‘tdi. Kelin fatasida oltin iplar bilan tikilgan Rossiya gerbini ko‘rish mumkin.

Foto: “TASS”

Yaponiya sohillariga Mindul to‘foni urildi.

Foto: “TASS”

Malayziya hukumati musulmonlarga 1,5 metrlik ijtimoiy masofani saqlagan holda, masjidlarda juma namoziga qatnashishlari uchun ruxsat berdi.

Foto: EPA

Gavayidagi Kilauea vulqoni cho‘qqisidagi Halemaumau kraterida lava otilishidan keyin tutun ko‘tarildi. Kraterda ko‘plab faol lava favvoralari ko‘rinmoqda.

Foto: EPA

Malayziya Immigratsiya xizmati xodimlari yaqin atrofdagi aholi shikoyatlaridan so‘ng Kuala-Lumpur tashqarisida o‘tkazilgan reyd paytida yettita konteynerda yashaydigan qariyb 300 kishini hibsga oldi.

Foto: EPA

Germaniya janubidagi Baden-Vyurtemberg hayvonot bog‘idagi bo‘ri.

Foto: “TASS”

Manila politsiya xodimlari Filippin prezidentligiga nomzodlar ro‘yxatga olinayotgan hududni qo‘riqlamoqda.

Foto: AP Photo

Norilskda yog‘gan ilk qorni “tatib ko‘rmoqchi” bo‘lgan o‘quvchi.

Foto: “TASS”

Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilganining 72 yilligi nishonlanmoqda.

Foto: “TASS”

Ko‘cha rassomi Benksining “Pufakli qiz” surati Christie’s auksion uyida sotuvga qo‘yildi.

Foto: Getty Images

Germaniyaning Frankfurt shahridagi tong.

Foto: AP Photo

Fotosuratchi dron yordamida Gollandiyaning Vusta Xove qishlog‘i yaqinidagi Apeldorn va Arnhem shaharlarini bog‘laydigan gavjum avtomagistral bo‘ylab qurilgan eko-ko‘prikni suratga oldi. Bu o‘tish yo‘li tufayli yovvoyi hayvonlar yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishi mumkin.

Foto: Legion Media

Janubiy Koreyaning Pohang shahri sohilida Qurolli Kuchlar kunining 73 yilligini nishonlash uchun dengiz piyodalari desant qo‘shinlarini qirg‘oqqa yubordi.

Foto: EPA

G‘arbiy Sohilning Beyta qishlog‘ida Isroilga qarshi norozilik namoyishida ishtirok etayotgan falastinlik.

Foto: AFP

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va shahzoda Charlz Balmoralda daraxt ekdi.

Foto: “TASS”