30-sentabr kuni olingan sara suratlarni namoyish etamiz.

Belgiyaning Xaynaut viloyatidagi Pyree Dyza hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar yo‘l konusini boshiga kiyishga harakat qilayotgan orangutanning tomoshasiga guvoh bo‘ldi. Aftidan Sari ismli maymunga ushbu “bosh kiyim” kattalik qilganga o‘xshaydi.

Foto: Legion Media

Ispaniyaning Madrid shahrida The Hole X yangi musiqiy shousining press-repetitsiyasi paytida chiqish qilayotgan akrobat.

Foto: AFP

Kolumbiyada ananas terimi jarayoni.

Foto: Getty Images

Antaliyadagi mashg‘ulotlar paytida dam olayotgan o‘t o‘chiruvchi ayol.

Foto: Getty Images

Shveysariyada chorvalarni tog‘ yaylovlaridan Nefels kommunasidagi vodiyga ko‘chirish boshlandi.

Foto: EPA

Istanbuldagi quyosh botishi vaqtida suratga tushayotgan yoshlar.

Foto: Getty Images

Singapur hayvonot bog‘idagi bir juft yosh jirafa.

Foto: Getty Images

Ispaniyada 2-oktabr kuni “Barselona avtomobillari—2021” xalqaro avtomobil ko‘rgazmasi ochiladi.

Foto: EPA

London Qirollik botanika bog‘larida Yaponiya madaniyati festivali bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Floridaning Ki-Largo yaqinidagi bo‘g‘ozda o‘lik marjon qoyalar yuqorisida suzib yurgan meduza.

Foto: AFP

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazilgan Dubai Expo 2020 ko‘rgazmasining ochilish marosimida chiqish qilayotgan qo‘shiqchi.

Foto: AP Photo

Turkiyaning Anqara shahri yaqinida piyoz joylangan qoplar yonida suratga tushayotgan janubi-sharqiy viloyatlardan kelgan mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishchilarining bolalari.

Foto: Getty Images

Kuala-Lumpurdagi devorga chizilgan surat oldida o‘tirgan erkak.

Foto: AFP

Kobuldagi maktab oldida namoyishchi ayollarning mitingini yoritayotgan jurnalistni turtayotgan “Tolibon” maxsus kuchlari a’zosi.

Foto: AFP

Sidney osmonidagi chaqmoq.

Foto: Getty Images

Ispaniyalik raqqos va xoreograf Nacho Duato Sankt-Peterburgdagi Mixaylovskiy teatrida “Oqqush ko‘li” baletining yakuniy mashg‘ulotida qatnashmoqda.

Foto: EPA

Hindistondagi poyezd stansiyasida tana harorati tekshirilayotgan ayol. Hindiston AQSh va Braziliya bilan birga 20 milliondan ortiq koronavirus bilan kasallanish holati aniqlangan mamlakatlar qatoriga kiradi.

Foto: “TASS”

Gonkongda Xitoy milliy bayramiga tayyorgarlik davom etmoqda.

Foto: EPA

Nyu-Yorkda vaksinatsiyaga qarshi bo‘lganlar miting uyishtirdi.

Foto: EPA

Sud Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini 2012-yilda o‘zining shaxsiy saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirganlikda aybdor deb topdi va uni bir yilga ozodlikdan mahrum etdi.

Foto: “TASS”

Malayziyada koronavirus pandemiyasi cheklovlari yumshatilgandan keyin ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan Kuala-Lumpurdagi okeanarium.

Foto: AP Photo