Janubiy Koreyada it go‘shti iste’mol qilishni taqiqlash imkoniyatini o‘rganib chiqish taklif qilindi. Mamlakat prezidenti Mun Chje In tegishli tashabbus bilan chiqdi, deb xabar beradi Yonhap.

Mun Chje In

Foto: Getty Images

“It go‘shtini taqiqlash masalasini diqqat bilan ko‘rib chiqish vaqti kelmadimikan?” — dedi Mun Chje In. U bu haqda tashlab ketilgan uy hayvonlarini parvarish qilish tizimini takomillashtirish masalalari haqida respublika bosh vaziri Kim Bu Gyom bilan maslahatlashuvlarida aytib o‘tdi

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Mun Chje Inning bir nechta itlari bor. Janubiy Koreya Jinoyat kodeksida hayvonlarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazo belgilangan. Kodeks itlar yoki mushuklarni shafqatsiz o‘ldirish yoki ularga shafqatsiz munosabatda bo‘lishdan cheklaydi, lekin ularni iste’mol qilishni taqiqlamagan, deb yozadi Yonhap.

Janubiy Koreyadagi it xo‘jaliklarida yiliga 2,5 millionga yaqin it boqiladi, deb xabar beradi USA Today Humane Society International hayvonlarni himoya qilish tashkilotining ma’lumotlariga asoslanib. Ularning 1 millionga yaqini iste’mol qilinadi, qolganlari naslchilik uchun foydalaniladi, ayrimlari yomon sharoit tufayli nobud bo‘ladi.

Aytish joizki, Humane Society International 2020 so‘rovi natijalarining ko‘rsatishicha, Janubiy Koreyada respondentlarning 84 foizi it go‘shtini iste’mol qilishdan bosh tortadi, deyarli 60 foizi esa undan foydalanishni taqiqlashni qo‘llab-quvvatlaydi (2017-yilda 35 foizrespondent bu fikrni qo‘llab-quvvatlagan).

Mamlakatda it go‘shtidan tayyorlangan taomlarni taklif qiladigan 3,3 ming restoran ochilgan. Ro‘yxatga olinmagan korxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hisobga olmaganda, ushbu hayvonlarni ko‘paytirish bilan shug‘ullanadigan 2,8 ming kompaniya mavjud.