Germaniyaning Brabus ustaxonasi dunyodagi eng tezkor krossoverlardan birini taqdim etdi. Brabus 900 Rocket Edition nomini olgan mashina jiddiy modifikatsiyaga uchragan Mercedes-Benz GLE hisoblanadi. Modelga 900 ot kuchini taqdim etishga qodir 4,0 litrli V8 dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, kross-kupe soatiga 100 kilometr tezlikka 3,2 soniyada erishadi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Brabus

Bottroplik motorchilar M 177 dvigatelining ishchi hajmini 425 santimetr kubga oshirgan, silindrga keladigan havoni oldindan siqib beruvchi kompressor, porshenlar, shatunlar, tirsakvalni almashtirgan va zanglamaydigan metalldan ishlangan gaz chiqarish tizimini o‘rnatgan. Natijada 900 ot kuchi va 1250 Nm aylanuvchi momentni taqdim etadigan dvigatel hosil bo‘lgan, biroq kerakli ishonchlilikka erishish uchun tortuvchi kuch elektronika bilan Nm 1050 ga qadar cheklangan.

Foto: Brabus

Shuningdek, mashinaga Brabus’ning uglerod plastikli komponentlardan ishlangan aerodinamik “obves”i, Airmatic pnevmopodveskasi (klirens 2,5 santimetrga kamaygan), nostandart uglerod-keramik tormozlar, shu bilan birga, diametrik 23 yoki 24 dyuymli Brabus Monoblock diskalari o‘rnatilgan.

Birinchi Brabus 900 Rocket Edition krossoverining saloni olcha rangli xrom va alyuminiy, kulrang charm, alkantara va uglerod tola bilan bezatilgan, ammo mijozlar bu kabi variantni tanlashga majbur emas.

Foto: Brabus

Seriyali krossoverlar orasida soatiga 100 kilometr tezlikka erishadigan modellarga Porsche Cayenne Turbo GT yetakchilik qiladi — 3,3 soniya. Brabus 900 Rocket Edition esa ushbu vazifani 0,1 soniyaga tezroq uddalaydi.

Nemis atelyesi ushbu krossoverdan 25 nusxa ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda va uning narxi 381 ming yevrodan boshlanadi. Ular uch yil yoki 100 ming kilometr masofani bosib o‘tishga kafolat beradi. Germaniyada 612 ot kuchiga ega oddiy Mercedes-AMG GLE 63 S Coupe narxi bundan 2,6 barobar arzon.

Foto: Brabus

Foto: Brabus

Foto: Brabus

Foto: Brabus

Foto: Brabus

Foto: Brabus

Foto: Brabus

Foto: Brabus

Foto: Brabus