• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Otel Ruanda” filmi orqali tanilgan Pol Rusesabajina Ruandadagi genotsid vaqtida mingdan ortiq odam hayotini saqlab qolgandi. Uni terrorizmda ayblab, 25 yilga qamashdi

    Sharqiy Afrika davlati Ruandada 20-sentabr kuni poytaxt Kigali sudining qarori bilan 67 yoshli Pol Rusesabajina qamoqqa tashlandi. Rusesabajina mazkur mamlakatda sodir etilgan genotsid haqida hikoya qiluvchi Gollivudning “Ruanda mehmonxonasi” (Hotel Rwanda) filmi yaratilgandan so‘ng dunyo bo‘ylab tanilgandi. Endilikda u 2018—2019-yillarda teraktlar uyushtirgan guruhni tuzish va moliyalashtirishda aybdor deb topilgan.

    Pol Rusesabajina

    Pol Rusesabajina
    Foto: Getty Images

    Rusesabajina 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Prokuratura unga umrbod qamoq jazosi berishni talab qilgan. U bilan birga yana 20 kishi sud qilindi, ular yakunda vatanga xiyonat, qotillik va terrorchilik tashkilotiga a’zolik ayblovlari bilan 3 yildan 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi.

    Rusesabajinaning o‘zi Raundaning amaldagi prezidenti Pol Kagamega qarshi Ruanda Demokratik o‘zgarishlar karakati (MRCD)ga rahbarlik qilganini tan oldi. Biroq, u Milliy ozodlik fronti (FLN) — MRCD’ning qurolli qanoti tomonidan sodir etilgan zo‘ravonliklar uchun javobgarlikni rad etdi. Sud bu tashkilotlar bir-biridan ajralmas degan qarorga keldi.

    Rusesabajina so‘nggi yillarda Belgiya va AQShda yashagan. Bu ikki mamlakat faolga nisbatan olib borilgan sud jarayonini tanqid qildi. Belgiya tashqi ishlar vaziri Sofi Vilmesning so‘zlariga ko‘ra, Rusesabajina odilona va xolisona sud qilinish huquqidan mahrum etilgan. AQSh Davlat departamenti vakili Ned Praysning aytishicha, “ilgari xabar qilinganidek qonuniy sud kafolatlarining yo‘qligi hukmning adolatliligiga shubha uyg‘otadi”. Mahkumning qizi Karin Kanimbaning so‘zlariga ko‘ra, uning otasi advokatlardan foydalana olmagan, “bu jarayonda yagona sudya” esa — Ruanda prezidenti Pol Kagame bo‘lgan.

    Genotsid paytida Pol Rusesabajina mingdan ortiq odamni qutqardi. U haqda film suratga olingach, Rusesabajina mashhurligidan foydalanib, Ruanda hukumatini tanqid qildi.

    Pol Rusesabajina 1954-yilda Ruandaning markaziy qismida yashovchi fermer oilasida tug‘ilgan. Uning otasi xutulardan, onasi esa tutsilardan edi. O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng u bir muddat ilohiyotshunoslik bo‘yicha tahsil oldi, keyin mehmonxonaga ishga joylashdi hamda Keniya va Shveysariyada mehmonxona biznesini o‘rgandi.

    1980-yillarning o‘rtalarida Rusesabajina Ruandaga qaytib keldi va Kigalidagi eng obro‘li mehmonxonalardan biriga — Belgiyaning Hotel des Mille Collines mehmonxonasiga ishga joylashdi. 1994-yilda Ruandada genotsid avjiga chiqqanida, u mehmonxona menejeri sifatida binoni 1286 nafar tutsi va mo‘tadil xutu xalqi uchun boshpanaga aylantirdi. U pora va spirtli ichimliklar bilan potensial qotillarning og‘zini moylashga muvaffaq bo‘ldi.

    Ikki yil o‘tgach, Rusesabajina oilasi bilan Ruandani tark etdi va ko‘p o‘tmay Belgiyaga ko‘chib o‘tdi. U yerda siyosiy boshpana topdi va taksi haydovchisi bo‘lib ishlay boshladi, ba’zida yo‘lovchilarga o‘z vatanidagi hayoti haqida aytib berardi. 2002-yilda kinorejissor Terri Jorj uning mijozlaridan biriga aylandi. Ikki yil o‘tgach, Jorj “Raunda mehmonxonasi” filmini ekranlarga chiqardi, uning ssenariysi Rusesabajinaning hikoyalariga asoslangan edi. Filmda bosh rolni o‘ynagan aktyor Don Chidl “Oskar” mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatildi, Rusesabajinaning o‘zi esa xalqaro shuhrat va bir qator mukofotlarga, jumladan, “Ozodlik” prezident medaliga sazovor bo‘ldi.

    Rusesabajina o‘zining mashhurligidan foydalanib, 2000-yildan beri hokimiyatda bo‘lgan Ruanda prezidenti Pol Kagame rejimini tanqid qildi. Xususan, u o‘z memuarlarida Kagame mamlakatni tanlangan tutsilarning kichik bir guruhi manfaati uchun boshqarayotganini aytib, Ruandadagi demokratiyani “pardozlangan”, adliya tizimini esa “quruq” deb atagan, deb yozadi The New York Times.

    Bunga javoban Ruanda hukumati Rusesabajinani o‘zining genotsid paytidagi rolini oshirib yuborganlikda va isyonchilarni moliyalashtirganlikda aybladi. Uning Bryusseldagi uyiga bir necha bor notanish odamlar  bostirib kirgan, shundan so‘ng u oilasini AQShning Texas shtati San-Antonio shahriga ko‘chirdi. 2010-yildan beri Ruanda hukumati Rusesabajinani qo‘lga olishda yordam so‘rab, bir necha bor Belgiya va AQShga murojaat qilgan.

    2020-yilda Pol Rusesabajina aldov yo‘li bilan Ruandaga olib ketildi. U nutq so‘zlash uchun Burundiga qarab uchyapman, deb o‘ylagan.

    2020-yil 27-avgustda Rusesabajina Dubayga uchib ketdi va shu bilan g‘oyib bo‘ldi. To‘rt kundan keyin uning Ruandada hibsga olingani ma’lum bo‘ldi. Faolning oilasi va Human Rights Watch inson huquqlari himoyachilari uni o‘g‘irlab ketishganiga ishongan. Ruanda hukumati odam o‘g‘irlash ayblovini rad etdi.

    Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Dubayda Rusesabajina Burundiga borish uchun xususiy samolyotga o‘tirgan. U yerda u mahalliy ruhoniyning taklifiga binoan bir nechta cherkovlarda nutq so‘zlashni rejalashtirgan, keyinchalik ommaviy axborot vositalarida ma’lum qilinishicha, ruhoniy Ruanda razvedkasi xabarchisi bo‘lgan. Rusesabajina mingan samolyot 28-avgust kuni erta tongda Ruandaga qo‘ngach, u hibsga olindi va bir necha kun davomida noma’lum joyda bog‘langan holda tutib turildi, u yerni Rusesabajina “kushxona” deb ta’riflagan.

    Hibsga olingan Pol Rusesabajina Ruanda tergov byurosi bosh qarorgohida. 31-avgust, 2020-yil

    Hibsga olingan Pol Rusesabajina Ruanda tergov byurosi bosh qarorgohida. 31-avgust, 2020-yil
    Foto: Reuters

     Rusesabajina ustidan sud jarayoni 2021-yilning fevral oyida, sud Rusesabajina ushbu mamlakat fuqarosi bo‘lmagani sababli uni Ruandada sud qilish mumkin emasligi haqida advokat keltirgan dallilarni rad etganidan keyin boshlandi. Rusesabajina sudning dastlabki majlislarida qatnashdi, keyin esa o‘z huquqlari muntazam ravishda buzilgani uchun u sudni boykot qilishga qaror qildi. Ma’lum qilinishicha, qamoqda unga advokatlar bilan guvohlarsiz muloqot qilishiga ruxsat berilmagan, maxfiy huquqiy hujjatlar musodara qilingan, unga oziq-ovqat, suv va zarur dori-darmonlardan mahrum qilish bilan tahdid qilingan. 20-sentabr kuni Rusesabajinani qamoqqa tashlash haqidagi hukm chiqarilganda, ayblanuvchi sud zalida yo‘q edi, chunki u hukm baribir adolatli bo‘lmasligini aytgan.

    Ruandadagi genotsid

    O‘tgan asrda Ruandada hukumat tepasidagi xutularning buyrug‘i bilan mamlakatdagi tutsilar ommaviy qirg‘in qilingan. Qirg‘in 1994-yilning aprelida boshlanib, taxminan, 100 kun davom etgan. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, qatliomda 800 mingdan bir milliongacha tutsilar va ularga hamdard bo‘lgan mo‘tadil xutular o‘ldirilgan.

    24.09.2021, 21:15   Izoh (0)   47465
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: AQShning Texas shtatida Gaitidan kelgan minglab muhojirlar to‘plandi. Chegara patrullari ularni kuch bilan tarqatishga urinmoqda 

    24.09.2021, 19:11

    Pandemiya tufayli 2021-yilda Nobel mukofoti Shvetsiyada topshirilmaydigan bo‘ldi

    24.09.2021, 18:58

    “Tolibon” Rossiyadan BMT sanksiyalarini olib tashlashda yordam so‘radi

    24.09.2021, 16:08

    KXDR Janubiy Koreya bilan urush tugaganini e’lon qilishga hali erta ekanini ma’lum qildi

    24.09.2021, 15:41

    Emomali Rahmon afg‘onistonlik tojiklarni Afg‘oniston hukumatini tuzishda ishtirok etishga chaqirdi

    24.09.2021, 13:42

    Qirg‘iziston “Tolibon” bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ymoqda. Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Afg‘oniston hukumati vakillari bilan uchrashdi

    24.09.2021, 13:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.