Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Jahon chempionatining 1/8 final bosqichida 24-sentabr, juma kuni Eronga qarshi bahs olib bordi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Eronning 1-daqiqadagi goli bilan boshlangan o‘yinda umumiy hisobda 17 ta gol kiritildi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida 4:3 hisobida Eronning qo‘li baland keldi.

Ikkinchi 20 daqiqalikda ham Eron tezkor gollar bilan boshladi. O‘z navbatida O‘zbekiston ham forslarning gollariga javob qaytarishdan to‘xtamadi. Biroq o‘yin yakuniga qadar Bahodir Ahmedov shogirdlari o‘ynovchi darvozabon bilan harakat qildi va qarshi hujumlarda jazolandi. O‘yin yakunida Eron 9:8 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi.

Shu tariqa O‘zbekiston futzal terma jamoasi o‘z tarixidagi ikkinchi Jahon chempionatini nimchorak final bosqichida yakunladi. Jamoa so‘nggi pallaga qadar mardonavor kurash olib bordi. 2016-yili Kolumbiyada o‘tgan musobaqada jamoa guruhdan chiqa olmagandi.

O‘zbekiston JCh—2021 guruh bosqichida Gvatemala, Rossiya va Misr  bilan bir guruhdan joy olib, ikkinchi o‘rin bilan plef-off bosqichiga yo‘l oldi. Eron endilikda yarim finalga chiqish uchun Qozog‘iston bilan bahs yuritadi.

JCh—2021

1/8 final bahsi

23-sentabr, juma

O‘zbekiston — Eron 8:9

Gollar: Hassanzadeh Ali 1, 22, 28, Javid Mahdi 5, 25, Husniddin Nishonov 9, 30, 33, Ahmad Abbasi 16, 36, Dilshod Rahmatov 17, 38, Ixtiyor Ropiyev 18, Farhod Tavakkoli 18, Anasxon Rahmatov 28, Moslem Oladghobad 29, Ilhomjon Hamroyev 39.

O‘zbekiston — Ravshan Eliboyev, Ixtiyor Ropiyev, Husniddin Nishonov, Ilhom Hamroyev, Davron Choriyev, Anasxon Rahmatov, Akbar Usmonov, Mashrab Odilov, Sunnatulla Jo‘rayev, Xushnur Erkinov, Muzaffar Ahadjonov, Dilshod Rahmatov, Rustam Umarov, Abbos Elmurodov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov