So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    “Ijtimoiy fikr”: So‘rov ishtirokchilarining deyarli yarmi prezidentlikka nomzodlar teledebat qilishlarini yoqlamoqda

    23.09.2021, 14:36 8559

    Respublika “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovlari bo‘yicha telefon orqali so‘rovning to‘rtinchi bosqichi natijalarini e’lon qildi. So‘rov 30-avgustdan 10-sentabrgacha o‘tkazilgan bo‘lib, unda respublikaning barcha hududlari aholisi qatnashgan.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Telefon so‘rovlari natijalari monitoringining ko‘rsatishicha, Prezident saylovi fuqarolarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga integratsiyalashuvi darajasini oshirishga xizmat qiladi.

    “Siz mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotini kuzatib borasizmi?” degan savolga aksariyat fuqarolar ijobiy javob bergan, shulardan 47,9 foiz respondentlar mamlakatda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan doimiy ravishda, 40,2 foizi so‘ralganlar esa vaqti-vaqti bilan qiziqishini ma’lum qilgan.

    Tadqiqotni o‘tkazish vaqtida 91,8 foiz o‘zbekistonliklar Prezident saylovlari bo‘lib o‘tishidan xabardor bo‘lgan. So‘rov natijalarining tahlili saylovoldi kampaniyasining borishini so‘ralganlarning yarmidan sal ko‘prog‘i — 60,5 foiz kuzatib borishlarini ko‘rsatgan.

    So‘rovlar davomida aniqlanishicha, 71,2 foiz respondentlar uchun saylovoldi kampaniyasining borishi va bo‘lajak saylovda ovoz berishga tayyorgarlik haqidagi axborotning eng ommabop manbasi O‘zbekiston davlat televideniyesi hisoblanadi. Ushbu reytingda internet ikkinchi o‘rinni egallagan, 46,5 foiz so‘rov ishtirokchilari bo‘lajak saylov yangiliklari bilan internet orqali tanishgan. 32,8 foiz respondentlar uchun saylovoldi kampaniyasining borishi haqidagi asosiy axborot manbasi mamlakat nodavlat televideniyesi kanallari hisoblanadi.

    So‘rov natijalari tahlilining ko‘rsatishicha, jamoatchilik fikrida saylovoldi jarayonining bevosita ishtirokchilari o‘rtasidagi ochiq telemunozaralar prezidentlikka nomzodlarning siyosiy dasturlari haqida ma’lumot olishning eng jozibali shakli hisoblanadi. Ushbu fikrga telefon so‘rovining 46,5 foiz ishtirokchilari qo‘shilgan 21,7 foiz respondentlar nomzodlarning ishonchli vakillari ishtirokidagi tok-shoularga qiziqish bildirgan. So‘rov ishtirokchilari ularga mustaqil ekspertlar, olimlar, tahlilchilarning bo‘lajak siyosiy voqea hamda nomzodlar va ularning siyosiy ustuvorliklari haqidagi fikrlari, shuningdek, nomzodlarning saylovchilar bilan bevosita uchrashuvlari qiziqarli ekanini ta’kidlagan.

    So‘rov ishtirokchilarining aksariyati — 87,4 foizi uchun navbatdagi prezidentlik muddati davomida “mamlakatni boshqarishni kimga ishonib topshirishni istashlarini shaxsan hal qilishlari ustuvor hisoblanadi”, deyiladi “Ijtimoiy fikr” natijalarida.

    Shu bilan birga, so‘rov ishtirokchilari tadqiqot davomida nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan to‘liq tanishishga hali ulgurmagani, ularning dasturiy maqsad va vazifalari haqida faqat umumiy tasavvurga ega ekanini ta’kidlagan.

    Qayd etilishicha, telefon so‘rovi aholining yuqori elektoral faolligini aniqlagan, saylash huquqiga ega bo‘lgan ko‘pchilik o‘zbekistonliklar, o‘zlarining shaxsan ta’kidlashlaricha, O‘zbekiston prezidentligiga bo‘lajak saylovda, albatta, ishtirok etadi.

    Eslatib o‘tamiz, “Ijtimoiy fikr”ning 2016-yilgi so‘rovida qatnashganlarning 97,5 foizi Prezident saylovida ishtirok etishini ma’lum qilgandi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent viloyatida salkam 400 gramm opiyni bojxonadan ichki a’zosiga yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    Bugun, 09:37

    Kamola Arslonova “Opa-singillar”ga qanday kelib qolgani, turk qaynonasining sevimli kelini ekani va Gavhar Sharipova bilan bog‘liq armoni haqida (video)

    Bugun, 09:28

    O‘zbekistonda temiryo‘l orqali yuk tashishning yangi qoidalari joriy etiladi

    Bugun, 09:11

    Iroqdagi to‘yda yong‘in chiqib, 100 kishi halok bo‘ldi (video)

    Bugun, 09:06

    O‘zbekistonda pensiya sohasida ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish soddalashtiriladi

    Bugun, 09:05

    Farg‘onada 83 dona toshbaqani qo‘shni davlatga olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi (video)

    Bugun, 08:43

    La Liga. “Barselona” safarda durang natija qayd etdi

    Bugun, 02:34

    Angliya Liga Kubogi. “Manchester Yunayted” “Kristal Pelas”ni yirik hisobda mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

    Bugun, 02:16

    A Seriya. “Yuventus” o‘z maydonida raqibini minimal hisobda mag‘lub etdi

    Bugun, 02:06

    Toshkentning ikki tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

    Bugun, 00:20

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Andijonda yana bir mashina zavodi ishga tushirildi (video)

    22:00 / 26.09.2023

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

     O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    23:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    09:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?