• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ijtimoiy fikr” so‘rovida qatnashganlarning 97,5 foizi Prezident saylovida ishtirok etishini ma’lum qildi

    “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi — 2016” mavzuidagi ijtimoiy so‘rovning ikkinchi bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga markaz mutasaddilari ma’lum qildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Tadqiqotning birinchi bosqichida fuqarolarning elektoral kayfiyatidagi o‘zgarishlar, ularning saylov kampaniyasidan xabardorligi o‘rganilgandi. So‘rovning ikkinchi bosqichi shu yilning 2—10-noyabr kunlari, ya’ni saylovoldi tayyorgarlik tadbirlari qizg‘in pallaga kirgan paytda o‘tkazildi. Jami so‘rovda 2200 nafar kishi qatnashdi. Ularning 50,9 foizi shahar, 49,1 foizi qishloq aholisidir. Respondentlarning 49,5 foizi erkaklar, 50,5 foizi ayollar. Ijtimoiy tadqiqot mamlakatning barcha hududida tasodifiy-ehtimoliy usulni qo‘llagan holda tashkil etildi. So‘rovda qatnashganlarning mutlaq katta qismi — 97,5 foizi shu yilning 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda albatta ishtirok etishini ma’lum qilgan. So‘rovning birinchi bosqichida bu ko‘rsatkich 95 foizni tashkil etgan edi.

    Jamoatchilik fikrini o‘rganish mamlakat aholisining bo‘lajak saylov haqida xabardorlik darajasi jadal oshib borayotganini ko‘rsatdi. Masalan, respondentlarning 87,3 foizi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiya, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali besh yil muddatga saylanishini biladi. So‘rovning birinchi bosqichida xabardorlik darajasi 85,2 foizni tashkil qilgan edi.

    Ijtimoiy tadqiqot tahlillari saylov kampaniyasi haqida fuqarolar xabardorligi yuksak darajada ekanligini ko‘rsatdi. Bunday natijalarga konstitutsiyaviy organ maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan keng miqyosli tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgani, shuningdek, saylov jarayoni ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, O‘zbekiston hamda xorijdagi OAVlarda izchil axborot berib borilishi orqali erishildi.

    So‘rov shuni ko‘rsatdiki, fuqarolarning mutlaq katta qismi uchun OAV mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotidagi voqealar haqidagi axborotlarning asosiy manbai hisoblanadi. So‘rovda qatnashganlarning 69,9 foizi saylov kampaniyasini doimo, 28 foizi esa imkon boricha kuzatib bormoqda. So‘rovning birinchi bosqichida bu ko‘rsatkichlar tegishlicha 68,1 va 22,3 foizni tashkil qilgandi. Ijtimoiy tadqiqot saylov kampaniyasi qizg‘in pallaga kirishi bilan televideniye, radio va matbuotning ommabopligi oshib borayotganini ko‘rsatdi. So‘rovda ishtirok etganlarning salmoqli qismi televideniyeni saylov kampaniyasi haqida tezkor, batafsil va qulay vaqtda axborot berish manbai sifatida e’tirof qilgan. Ular markaziy OAV saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uning huquqiy asoslarini, shuningdek, nomzodlarning saylovoldi dasturlarini yoritishda tezkorlik va hozirjavobligi bilan ajralib turishini qayd etgan.

    Qatnashchilarning fikricha, OAV saylov jarayonining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlamoqda. Ularning saylov kampaniyasiga oid xolis va ishonchli axborotlarini ijobiy baholangan.

    Tadqiqotda Prezidentlikka nomzodlarning shaxsiy fazilatlari bo‘yicha jamoatchilik fikri bilan ham qiziqildi. Ikki bosqichdagi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar qanday shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lishi kerak”, degan savolga so‘rovda ishtirok etgan o‘zbekistonliklar “Yuksak zakovat, mustahkam iroda, halollik va tartiblilikni o‘zida jo etgan bo‘lishi kerak”, deb javob bergan. Nomzodlarning ustuvor fazilatlari sifatida davlat darajasida fikrlay olishi, siyosiy rahbarlik tajribasi, yuksak malaka, boshqaruvning zamonaviy ko‘nikmalaridan xabardorligi, bilimli, demokratik tamoyillar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, aholining turli ijtimoiy qatlamlari orzu-umidlarini hamda manfaatlarini hisobga olish istagi va intilishi, faol fuqarolik nuqtai nazariga ega bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan.

    So‘rov fuqarolar kayfiyati saylov arafasida ijobiy va ezgu umidlar bilan yo‘g‘rilganini ko‘rsatdi. Chunki tadqiqotda qatnashganlarning 96,7 foizi Prezident saylovi muhim ahamiyatga ega ekanligi va ularning hayotida g‘oyat katta o‘rin tutishini ma’lum qilgan.

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    23.11.2016, 14:58   Izoh (0)   6280
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining Yoshlar markazi ochildi

    23.11.2016, 12:24

    O‘zbekiston AKT taraqqiyoti indeksida 110-o‘rinni saqlab qoldi

    23.11.2016, 12:09

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    23.11.2016, 11:22

    Uy-joy va kommunal xizmatlar zamonaviy, arzon va sifatli bo‘lishi lozim!

    23.11.2016, 10:30

    Sunya Choy: Butun dunyodan kuzatuvchilarning ishtirok etishi saylov jarayonining ochiqligi va shaffofligini namoyish etadi

    22.11.2016, 22:03

    Robert Blum: Prezidentlik saylovi siyosiy barqarorlik va qonun ustuvorligi kafolatlarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi

    22.11.2016, 15:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    Dunyo | 16 avgust, 21:27

    Superliga. “Neftchi” “Navbahor”dan, “Dinamo” “OKMK”dan ustun keldi

    Sport | 16 avgust, 21:26

    “Bembi: o‘rmon dahshati”. 2025-yil yozida premyerasi bo‘lgan trillerlar

    Kino | 16 avgust, 20:59

    “Yaponiya kelajak sari yurish uchun o‘tmish bilan yuzlashishi shart” — Janubiy Koreya prezidenti

    Dunyo | 16 avgust, 20:47

    “Men prezident ekanman Xitoy Tayvanga hujum qilmaydi” — Tramp

    Dunyo | 16 avgust, 19:54

    “Nottingem Forest” “Manchester Siti” himoyachisi uchun 25+5 mln yevro taklif qildi

    Sport | 16 avgust, 19:52

    “Afrika kichik emas!” — Afrika ittifoqi xarita proyeksiyasini o‘zgartirishni talab qilmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 19:44

    “Tramp savdo munosabatlarimiz haqida yolg‘on gapirmoqda” — Braziliya prezidenti

    Dunyo | 16 avgust, 18:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.