Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Bavariya” 18-sentabr, shanba kuni “Boxum” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Myunxendagi bahsda mezbonlar raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi. 17-daqiqada Leroy Sane hisobni ochdi. Yozua Kimmix va Serj Gnabri ham birinchi bo‘limda o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Bo‘lim so‘ngida esa Vasilios Lambropulos o‘z darvozasiga gol urib, hisobning yiriklashishiga sababchi bo‘ldi.

Ikkinchi 45 daqiqalikda Kimmix dublni rasmiylashtirdi. Bundan tashqari, Robert Levandovski va Erik Shupo-Moting ham bittadan golga mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Bavariya” 13 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Boxum” (3) esa 17-o‘rinda bormoqda.

“Borussiya M” safarda 1:0 hisobida “Augsburg”ga yengildi.

Top-5 ligalar onlayn jadvallari, o‘yinlar taqvimi, to‘purarlar ro‘yxati — ko‘rish.

Bundesliga

5-tur bahslari

18-sentabr, shanba

“Bavariya” – “Boxum” 7:0

Gollar: 1:0 – 17 Sane, 2:0 – 27 Kimmix, 3:0 – 32 Gnabri, 4:0 – 43, avtogol Lambropulos, 5:0 – 61 Levandovski, 6:0 – 65 Kimmix, 7:0 – 79 Shupo-Moting.

“Bavariya” – Noyer, Stanishich (Sarr, 62), Zyule, Ernandes, Devis (Richards, 46), Goretska, Kimmix (Nyanzu, 72), Myuller, Levandovski (Shupo-Moting, 68), Gnabri, Sane (Zabitser, 62).

“Boxum” – Rimann, Stafilidis (Bokxorn, 58), Lambropulos, Bella-Kochap, Danilo Soares, Teshe, Losilla, Rejbechay (Leven, 57), Polter (Ganvula, 57), Pantovich (Antvi-Ajey, 74), Holtmann.

Ogohlantirishlar: Stafilidis (35), Stanishich (52).

“Mayns” – “Frayburg” 0:0

“Augsburg” – “Borussiya M” 1:0

Gol: 1:0 – 80 Niderlexner.

“Arminiya” – “Hoffenhaym” 0:0