15-sentabr kuni olingan sara suratlarni namoyish qilamiz.

Kobuldagi qizlar maktabida ta’lim olayotgan o‘quvchilar.

Foto: AFP

Buyuk Britaniyaning London shahrida ichimlik suvi manbalarining yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘layotgan iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan muzli haykallar namoyish etildi.

Foto: Shutterstock

Germaniyaning Lomar shahrida qovoqlarning an‘anaviy chempionati bo‘lib o‘tdi. Qovoqlarning hajmi mashhur “Abdullajon” filmidagi epizodlarni esga soladi.

Foto: Getty Images

Tayvanda har yili o‘tkaziladigan harbiy mashg‘ulotlar boshlandi.

Foto: Getty Images

Slovakiyadagi Milliy ziyoratgohiga Rim Papasi tashrifi davomida kamera uchun tabassum qilayotgan rohibalar.

Foto: AFP

Aktrisa va BMTning elchisi Anjelina Joli Kapitoliyga tashrif buyurib, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik to‘g‘risidagi qonunni muhokama qilmoqda.

Foto: AP Photo

Kaliforniyadagi Sekvoya milliy bog‘idagi o‘rmon yong‘inlari.

Foto: AP Photo

Indoneziyada bir guruh ekolog faollar plastik chiqindilar muzeyini qurmoqda.

Foto: Getty Images

Bulutlar ortidagi quyosh. Xubey viloyati, Xitoy.

Foto: Getty Images

Nyu-Yorkdagi Brodvey teatrlari pandemiyadan keyin qayta ochildi.

Foto: Getty Images

Kuvaytda koronavirus pandemiyasidan keyin birinchi marta o‘tkazilgan kim oshdi savdosida xaridor tomonidan tekshirilayotgan lochin.

Foto: AFP

Ispaniyaning janubidagi Andalusiya viloyatida 9000 gektardan ziyod maydon yong‘in tufayli zarar ko‘rdi.

Foto: EPA

Buyuk Britaniyada har yili o‘tkaziladigan British Pie shirinliklar festivali.

Foto: Getty Images

Pokistonning Karachi shahridagi hayvonot bog‘i xodimlari mamlakatdagi jazirama paytida hayvonlarning salqinlanishiga yordam bermoqda.

Foto: EPA

“Tolibon” bayroqlari ostidagi AQShning zirhli mashinalar Kobul aeroportida turibdi.

Foto: AFP

Nepalda musson mavsumining tugashiga bag‘ishlangan Indra Jatra festivalida qatnashayotgan niqob kiygan raqqos.

Foto: Shutterstock

Efiopiya shimolidagi tog‘li qishloq Amxara yaqinidagi harbiy.

Foto: AFP

Indoneziyada chiqindi yig‘ayotgan otasini kutib o‘tirgan bola.

Foto: AFP

Ultra-ortodoks yahudiy Quddus yaqinidagi Bayt-Shemesh shahrida bo‘lib o‘tgan an‘anaviy Malkot marosimida o‘tgan yilgi gunohlari uchun ramziy jazo sifatida o‘z dindoshini charm kamar bilan qamchilamoqda.

Foto: AP Photo

Nyu-Dehlida uysiz va mehnat muhojirlarini COVID-19 ga qarshi vaksinatsiya kompaniyasi davomida emlanayotgan keksa ayol.

Foto: AP Photo

Rim Papasi Fransisk Slovakiyaning Shastin Straz shahrida ochiq havoda ommaviy chiqish qildi.

Foto: “TASS”