10-sentabr kuni olingan sara suratlarni namoyish qilamiz.

Xitoyning Huayan provinsiyasidagi nilufar gul hovuzi.

Foto: Getty Images

Rigada “Oq tun” zamonaviy madaniyat forumi boshlandi.

Foto: EPA

IAA Mobility 2021 xalqaro avtomobil ko‘rgazmasi Myunxenda davom etmoqda. Suratda: Renault 5 elektromobili.

Foto: “TASS”

Uxandagi Huajong fan va texnologiya universiteti talabalari yangi semestr boshlanishiga bag‘ishlangan marosimda qatnashmoqda.

Foto: Getty Images

Moskvada Shahar kuni munosabati bilan uch metrli yangi guldastalar paydo bo‘ldi.

Foto: “Moskovskiye sezoni”

2001-yil 11-sentabr hodisalariga atalgan “Nurli minora” installyatsiyasi fonidagi Vashington yodgorligi etagida hilpirab turgan bayroqlar.

Foto: Getty Images

Kanada NDP lideri Jagmit Sinx (chapda) va konservatorlar lideri Erin O’Tul Kvebekdagi federal saylovlarning ingliz tilida so‘zlashuvchi rahbarlari o‘rtasidagi munozarada qatnashmoqda.

Foto: AFP

Nyu-York moda haftaligida LaQuan Smit ko‘rgazmasiga sahna ortida tayyorgarlik ko‘rayotgan model.

Foto: AP Photo

Rejissor Nik Park Lankashirda o‘zining “Noto‘g‘ri shim” multfilmi qahramonlarining bronzadan yasalgan haykalini ochilish marosimida ishtirok etmoqda.

Foto: PA

Dizayner va kolleksioner Ayris Apfel o‘zining 100 yillik yubileyini 100 ta do‘sti bilan Nyu-Yorkdagi Central Park Tower’da nishonlamoqda.

Foto: Getty Images

Avstraliyadagi Vendoure ko‘li bo‘yida yo‘lni kesib o‘tayotgan bir guruh qora oqqushlar.

Foto: Getty Images

Avstraliyaning Viktoriya shtati rasmiylari koronavirus tufayli joriy qilgan cheklovlarni bekor qildi.

Foto: EPA

200 ga yaqin odam Afg‘onistondan Qatar Airways tijorat reysi bilan jo‘nab ketdi.

Foto: AP Photo

Daniyaning Zelandiya orolida ertalabki tuman.

Foto: EPA

Chegara patrul agentligi Meksikadan AQShga kirmoqchi bo‘lgan odamlarni qidirmoqda.

Foto: Reuters

Karakasda Tokio Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilarni kutib olish marosimi. Terma jamoa a’zolari musobaqa davomida 3 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Foto: Shutterstock

Afg‘onistonda Armiya 275 Reynjer polki bilan xizmat qilgan Jeremi Provancher Nyu-Yorkda 11-sentyabr hodisalarining 20 yilligi oldidan voqea sodir bo‘lgan joyda AQSh bayrog‘ini ko‘tarib turibdi.

Foto: Reuters

G‘arbiy Sohilning Xevron shahridagi olti falastinlikning Isroil qamoqxonasidan qochishi ortidan boshlangan birdamlik namoyishida Isroil kuchlari a‘zosi bilan to‘qnashgan namoyishchi.

Foto: Reuters

Myunxenda ekologik faollar politsiya bilan to‘qnashdi. Namoyishchilar Myunxen xalqaro avtomobillar ko‘rgazmasiga qarshi miting o‘tkazmoqda.

Foto: Getty Images

Moskvada 8-sentabrda fojiali tarzda vafot etgan Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Yevgeniy Zinichev bilan vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: EPA