Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Eriksen ushbu yozda butun dunyoni qo‘rqitib yubordi. Hozirda u tiklanish jarayonini o‘tkazmoqda va hammasi joyidadek taassurot uyg‘onmoqda, ammo katta ehtimol bilan defibrillyator o‘rnatilgach, “Inter” yarim himoyachisi A Seriyada o‘ynay olmasa kerak. Bu haqda Italiya futbol federatsiyasi Ilmiy-texnik qo‘mitasi a’zosi Franchesko Brakonaro ma’lum qildi.

“Kristian Eriksenning Italiyada o‘ynashiga rozilik berib bo‘lmaydi. Agar futbolchidan kardioverter-defibrillyator olib tashlansa va patologiyaning bartaraf etilgani tasdiqlansa, u yana “Inter”da o‘ynashi mumkin bo‘ladi”, – deydi Franchesko Brakonaro.

Koronavirus pandemiyasi sababli Ilmiy-texnik qo‘mita hozirda Italiya hukumati huzurida faoliyat olib bormoqda va mamlakatda sportni rivojlantirish choralarini taklif qilmoqda. Hozirda qo‘mita Eriksen bilan sodir bo‘lgan voqeani tahlil qilmoqda.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Agar Eriksen va uning shifokorlari kardioverter-defibrillyatorni olib tashlamaslikka qaror qilsa hamda futbolchi faoliyatini davom ettirmoqchi bo‘lsa, u boshqa variantlarni izlashi kerak bo‘ladi. Niderlandiya chempionatida defibrillyator bilan o‘ynash taqiqlanmagan. Masalan, “Ayaks” va Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi Deyli Blind ham defibrillyator bilan o‘ynab keladi. Darvoqe, Kristianning professional faoliyati ham aynan Amsterdamda boshlangan.

Quyida Kristian Eriksenning ushbu yozni qanday o‘tkazgani haqida qisqacha hikoya qilinadi:
  • Daniya terma jamoasi futbolchisi Yevro—2020 guruh bosqichida Finlyandiyaga qarshi o‘yin paytida maydonning o‘zida hushidan ketdi. Tibbiy guruh uni qutqarish uchun defibrillyatordan foydalandi;
  • Eriksenning baxtiga maydonda germaniyalik reanimatolog bor edi: daniyalik shifokorlar shoshib qolgan va yurak to‘xtab qolganda qanday harakat qilishni bilmayotgan bir vaqtda reanimatolog Eriksenning hayotini saqlab qoldi. Yarim himoyachi maydonda o‘ziga keldi va darhol kasalxonaga yotqizildi;
  • Kasalxonada daniyalikka kardioverter-defibrillyator qo‘yildi, moslama yurak aritmiyalarini bartaraf qiladi;
  • Kristian 18-iyun kuni muvaffaqiyatli operatsiya qilindi va shifoxonadan chiqarildi. La Gazzetta dello Sport nashri yaxshi ssenariy bo‘yicha yarim himoyachi bir necha oydan so‘ng maydonga qaytishi mumkinligini ma’lum qilgandi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Xo‘sh, hozir uning ahvoli qanday?

Tuttosport xabariga ko‘ra, Kristian iyul oyining boshida Milanga qaytgan. Kelayotgan haftada u jamoadoshlari va yangi murabbiy Simone Inzagi bilan uchrashadi. Keyinchalik daniyalik yana tibbiy ko‘rikdan o‘tishni rejalashtirgan.

Bir necha hafta oldin Inzagi yarim himoyachini jamoada nima kutayotgani haqida gapirgandi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Men Yevrodan oldin Eriksen bilan gaplashgandim. Uni rejalarimga kiritganman. Kristianning qaytishga vaqti bor, biz uni quchoq ochib kutib qolamiz”, — deydi murabbiy Football Italia nashriga bergan intervyusida.

Uning “Inter”dagi yana bir sherigi Stefan de Vrey esa yarim himoyachi haqida shunday degandi:

“Men Eriksen bilan o‘sha vaziyatdan keyin gaplashdim va u haqida uzoq o‘yladim. Shundan so‘ng uni boshqa bezovta qilmadim, chunki u juda ko‘p xabarlarni qabul qilayotgan bo‘lsa kerak. Formaga qaytishi uchun unga vaqt kerak”.

Kristianni Milandagi muxlislari ham unutmadi: 10-iyul kuni “Inter” Appyano-Jentile shahridagi mashg‘ulot bazasida mavsumoldi tayyorgarliklarni boshladi, u yerda futbolchilarni kutib olish uchun muxlislar ham chiqdi va daniyalikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qo‘shiq kuyladi.

Biroq endi uni yana “Inter” libosida ko‘rish amrimahol.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi