O‘zbekistonga yaqin kunlarda 1 200 000 dozadan ortiq Pfizer/BioNTech va 600 000 dozadan ortiq AstraZeneca vaksinalari olib kelinishi kutilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Hozirda O‘zbekistonda 4 turdagi – ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, “Sputnik V”, Moderna vaksinalaridan emlash jarayonlarida foydalanib kelinmoqda.
Qayd etilishicha, Pfizer/BioNTech vaksinasi o‘zbekistonliklar emlanadigan 5-vaksina bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 8-sentabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonda jami 15 978 140 doza vaksinadan foydalanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 2 710 887 nafarni tashkil qilmoqda.
Bundan avval Polsha O‘zbekistonga 250 ming doza koronavirusga qarshi vaksina yetkazib berishi, JSST badavlat mamlakatlarni vaksinalarni g‘amlab olgani uchun qoralagani hamda O‘zbekistonga yana 3 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi keltirilgani haqida xabar berilgandi.