Daryo

O‘zbekistonga yana 3 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi keltirildi

Mamlakatga keltirilgan jami vaksina 22 million 446 ming 540 dozani tashkil qilmoqda

1 daqiqa o‘qish32 980 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: SSV matbuot xizmati

6-sentabr kuni tongda O‘zbekistonga ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 3 million dozasi olib kelindi, deb xabar beradi SSV matbuot xizmati.

Foto: SSV matbuot xizmati

Shunday qilib, mamlakatga keltirilgan jami vaksina 22 million 446 ming 540 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:
  • 460 000 dozasi “Sputnik V”,
  • 986 480 dozasi AstraZeneca,
  • 18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 3 000 060 dozasi Moderna vaksinasidir.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 15 004 856 doza vaksinadan foydalanilib, to‘liq emlangan fuqarolar 2 123 460 nafarni tashkil qilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 5-sentabr kuni ham O‘zbekistonga 1,5 million doza o‘zbek-xitoy vaksinasi keltirilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar