Jizzax viloyat hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Nurmatov Nodir Bahodirovich tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qildi.
Ma’lumot uchun, Nodir Nurmatov 1979-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 2002-yilda AQShdagi Nyu-York universitetining yuridik maktabi, 2005-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (bakalavr) va 2007-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo vazirligida olib borgan. Jumladan, 2016–2021-yillarda O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
2021-yilning 7-sentabr sanasidan boshlab “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonunining 21-, 25-moddalariga asosan, Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.