Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti (FTTI ) joriy yildan farmatsevtika sohasida faoliyat yuritishni maqsad qilgan yoshlarni o‘z bag‘riga chorlaydi. Institutda ta’lim jarayoni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyalarda yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilar hamda xorijdan mutaxassislarni jalb etilgan holda, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida olib boriladi. FTTIda tahsil olgan bitiruvchilar turli mulkchilik shaklidagi dorixonalarda, dori vositalarini ishlab chiqarish korxonalarida, nazorat tahlil laboratoriyalarda, sud-kimyo ekspertizasi laboratoriyalarida va boshqa farmatsevtika sohasidagi muassasalarda faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Hukumatimiz tomonidan nodavlat ta’lim muassasalari uchun yaratilgan sharoit va imtiyozlar asosida, institut jamoasi farmatsevtika sohasida eng so‘ngi yangiliklardan boxabar, yetuk mutaxassis bo‘lishni orzu qilgan iqtidorli mahalliy va xorijiy talabalarni qabul qilishni niyat qilgan. Institut abituriyentlarga 2021/2022-o‘quv yilida quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qish imkoniyatini taqdim etadi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
- Farmatsiya (turlari bo‘yicha) — 5 yil;
- Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha) — 4 yil.
- Farmatsevtika ishini tashkil qilish va boshqarish;
- Farmatsevtik kimyo va farmakognoziya;
- Dorilarning sanoat texnologiyasi;
- Dori vositalari va preparatlar texnologiyasi;
- Eksperimental va sport farmakologiyasi.
Hujjatlar onlayn va oflayn qabul qilinadi.
Murojaat uchun telefonlar:
Ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lumot olish uchun:Telegram: +99897 137-00-50
Instagram: +99897 137-00-50
Veb-sayt: www.ftti.uz
Elektron pochta: iper@ftti.uz
Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 46-uy
Mo‘ljal: Uz Mal Oil yoqilg‘i quyish shoxobchasi, Carrefour supermarketi
Reklama huquqi asosida.