Tokio shahrida Paralimpiya o‘yinlari davom etmoqda. 28-avgust kuni paradzyudo bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Foto: MOQ matbuot xizmati

-63 kg vazn toifasida O‘zbekiston vakili Nafisa Sheripboyeva musobaqaning bronza medali uchun kechgan bahsda ispaniyalik Marta Arsega qarshi tatamiga chiqdi. Sheripboyeva ustunligida kechgan bellashuv ippon bahosi bilan yakunlandi.

Qayd etish joiz, bungacha O‘zbekiston delegatsiyasi 9 ta (4 ta oltin, 3 ta kumush, 3 ta bronza) medal qo‘lga kiritgandi.