Avvalroq o‘zini YPX xodimlariga “zamministr”ning ikkinchi xotini ekanini aytib, ularga qarshilik ko‘rsatgan ayolga yana bir qoidabuzarlik uchun chora ko‘rildi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Ma’lumot uchun, 2021-yilning 27-avgust kuni ijtimoiy tarmoqda fuqaro M.E. boshqaruv vaqtida qo‘l telefondan foydalangani holati aks etgan video keng jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Fuqaro, 1996-yilda tug‘ilgan M.E. haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmasdan avtomobil boshqargani, boshqaruv vaqtida telefondan foydalanganligi bo‘yicha Toshkent viloyati IIBB YHXB YPX xodimi Yu.S. tomonidan bayonnoma tuzilib, Nexia-3 rusumli, 01 X743DB davlat raqam belgili avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.