• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Farzand

    Kichik bolalarning katta muammolari: birinchi sinf o‘quvchisining maktabga moslashishiga qanday yordam berish mumkin?

    Birinchi sinf o‘quvchilariga psixologik yordam — bu ota-onalar qilishi kerak bo‘lgan eng muhim ishlardan biridir. Farzandingiz maktab jamoasiga moslashish davrida duch keladigan to‘rtta asosiy muammo haqida so‘z yuritamiz.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Muloqotdagi qiyinchiliklar

    Dastlab har bir o‘quvchi ikki yoqlama bosimni boshdan kechiradi: hayotiga yangi qoidalarini kiritgan o‘qituvchisidan va sinfdoshlaridan. Bolalar jamoasida juda qattiq qoidalar borligini unutmang. Birinchi sinfda bolalar bir-biri bilan norasmiy munosabat o‘rnatadi — ular o‘zlarining yangi “o‘yini”da kim qanday rol o‘ynashini bilib oladilar. Bog‘chadagi bola uchun bu unchalik qiyin emas — u jamoadagi o‘rnini allaqachon biladi. Doimo ota-onasi bilan bo‘lgan bola oilaning diqqat markazida bo‘lishga odatlangan. Ammo maktabda bu, afsuski, mumkin emas.

    Ota-onalarga maslahatlar:
    • Maktabdan tashqari ham iloji boricha ko‘proq muloqot qiling!
    • Farzandingiz tengdoshlari bilan har qanday do‘stlikni hurmat qiling. U yolg‘izlanib qolmasligi juda muhim, natijada u o‘ziga do‘st topa oladi.
    • Uni boshqa bolalar bilan solishtirmang. Undan ko‘ra kecha va bugungi yutuqlarini solishtirgan ma’qul
    • Farzandingizni zo‘r natijalarga tayyorlamang. Odatda birinchi sinfda ko‘pchilik buni uddalay olmaydi. Bola o‘zini aybdor his qilmasligi va ota-onasining umidsizligini ko‘rmasligi kerak.
    • Har qanday holatda ham bolani urishmang. Yaxshisi, qilgan ishlari uchun maqtang.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Idrok va diqqat qilishdagi qiyinchiliklar

    Ba’zan birinchi sinf o‘quvchisi uchun diqqatni jamlash juda qiyin bo‘ladi. Ammo dars doimiy e’tiborni talab qiladi. Agar ota-ona bolaga ma’lumotni idrok etishni o‘rgatmagan bo‘lsa, u bilan kam gaplashsa va farzandining muammolariga jiddiy qaramasa, bu muammolardan qochib bo‘lmaydi. Hozirgi bolalarning ko‘pchiligi do‘stona muloqotga muhtoj. Ota-onalar farzandi tarbiyasini bolalarning “eng yaqin do‘sti” — televizor va telefonga ko‘proq ishonishadi. Bu esa yaxshilikka olib kelmaydi.

    Ota-onalarga maslahatlar:

    • Farzandingiz bilan har kuni maktab haqida gaplashing. Bugun nimani o‘rganganini so‘rashdan boshlang.
    • Agar bola maktabga borishni xohlamasa, e’tiborli bo‘ling. O‘qituvchisi bilan gaplashing, birgalikda sababini osonroq topasiz.
    • Diqqatni jamlash qobiliyatini rivojlantirish mumkin. Buning uchun maxsus bo‘yash kitoblari, o‘yinlar mavjud. O‘qituvchisi bilan bolaning tanlovi haqida maslahatlashing.
    • Kichkina boshga iloji boricha ko‘proq ma’lumot kiritishga urinmang. Bu yoshda boshqalarni tinglashni va o‘z fikrlaringizni bildirishni o‘rganish, asosiy va ikkilamchi narsalarni ajratish, tirishqoqlik va aniqlikni rivojlantirish muhimroqdir.
    Xarakterni tashkillashtiruvchi qiyinchiliklar

    Birinchi sinf o‘quvchisi o‘ziga g‘amxo‘rlik qila olishi, masalan, kiyimini almashtira olishi kerak. Unga o‘z ishini qanday tashkil qilishni o‘rgatish, stolga narsalarni tartibga solish juda muhimdir. O‘quv qurollarini birgalikda tanlagan ma’qul. Albatta, bu ota-onaga mayda-chuyda gapdek tuyulishi mumkin, lekin bola uchun emas. Maktabning birinchi kunlarida u kuchli hayajonga tushib qoladi, shuning uchun har bir mayda-chuyda narsa uni osonlik bilan asabiylashtirishi mumkin.

    Ota-onalarga maslahatlar:
    • Farzandingizga maktabdan tashqari mashg‘ulotlar va tadbirlarni tashkil etishga yordam bering.
    • Dars qilishni kechgacha cho‘zmang, hamma narsani vaqtida qilgan yaxshi.
    • Uyga vazifani bir soatdan ortiq bajarmang.
    • Agar bolangiz kunduzi dam olishni xohlasa, xavotir olmang — uxlash unga faqat foyda keltiradi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Jismoniy salomatlik bilan bog‘liq qiyinchiliklar

    Qo‘l mushaklari yaxshi rivojlanmaganligi, eshitish yoki ko‘rish qobiliyatining pasayishi, charchash, nutqdagi muammolar va boshqalar — o‘quv jarayonida qiyinchiliklar tug‘diradi.

    Ota-onalarga maslahatlar:

    • Bolangiz bilan birga raqsga tushishga harakat qiling va harf elementlarini qo‘llaringiz bilan havoda yozing. Bunda bola qo‘lini erkin tutishni o‘rganadi va bu husnixat uchun juda foydali.
    • Eng ko‘p uchraydigan xatolardan biri — bolani uy vazifasini avval qoralamaga bajarishga majburlash, so‘ngra uni toza daftarga qayta yozdirish. Sizga qo‘shimcha ish nimaga kerak?
    • Agar bola qing‘ir-qiyshiq yoza boshlaganini ko‘rsangiz, biroz to‘xtab, dam olgani ma’qul. Husnixat u uchun jazo bo‘lmasligi kerak.
    • Muammo haqida maslahatlashish uchun mutaxassis-shifokorga murojaat qiling.

    Mavzuga doir: 

    • Bola salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘yinchoqlar
    • Bolaning xotirasini yaxshilashga hissa qo‘shadigan 4 usul
    • Farzandlarining xonasini mo‘jizalar mamlakatiga aylantirgan ota-onalarning ijod namunalari (foto)
    • Bolaning xulq-atvorida e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan 6 ta belgi

    12.08.2021, 13:20   Izoh (0)   31138
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bola salomatligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan o‘yinchoqlar

    01.08.2021, 15:59

    Farzandlarining xonasini mo‘jizalar mamlakatiga aylantirgan ota-onalarning ijod namunalari (foto)

    25.05.2021, 19:20

    Manej, xodunok va bolalarga mo‘ljallangan boshqa vositalar: nima uchun ularni sotib olmaslik kerak?

    25.03.2021, 14:59

    “Gadjetlar asri” bolalari nega harakatli o‘yinlarni o‘ynamay qo‘ydi va bu qanchalik xavfli?

    04.01.2021, 15:22

    Bolada o‘ziga bo‘lgan ishonchni qanday shakllantirish mumkin?

    03.01.2021, 18:56

    Uyda maroqli ta’til: Bola zerikmasligiga yordam beradigan 5 tavsiya

    02.01.2021, 20:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.