Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev “Vatandoshlar” jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bundan asosiy maqsad – dunyoning 100 ga yaqin mamlakatlarida istiqomat qilayotgan 10 milliondan ortiq vatandoshlar, ular tomonidan tashkil etilgan 170 dan ortiq madaniy markazlarni qo‘llab-quvvatlash.

Fond faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

  • xorijda vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;
  • xalqaro huquq normalariga amal qilgan holda, xorijdagi vatandoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga ko‘maklashish;
  • xorijda o‘zbek tili, madaniyati va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlash;
  • O‘zbekistonning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish;
  • vatandoshlar tomonidan tashkil etilgan jamoat birlashmalari faoliyatini rag‘batlantirish, ularga xorijda o‘zbek milliy madaniy markazlarini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish;
  • xorijdagi vatandoshlarning chet eldagi ilmiy va ijodiy, O‘zbekistondagi tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, madaniy-ma’rifiy faoliyatiga ko‘maklashish;
  • xorijiy davlatlar bilan migratsiya va ta’lim sohasida shartnomaviy-huquqiy hamkorlikni kengaytirish va boshqalar.
Fond faoliyatini moliyalashtirish davlat subsidiyasi va davlat ijtimoiy buyurtmalari, muassislar ajratadigan mablag‘lar, homiylik xayriyalari, grantlar va boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi. Fond o‘z faoliyatini boshlashi uchun 5 milliard so‘m ajratiladi.

Qarorga ko‘ra, “Vatandoshlar” jamoat fondi faoliyatini Vasiylik kengashi boshqaradi. Kengash mashhur shoir va yozuvchilar, san’at, teatr va sport arboblari, milliy madaniy markazlar vakillari, sohaga mas’ul davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar rahbarlaridan shakllantiriladi.

Vasiylik kengashi raisi vazifasini O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev bajaradi.

Bundan avval O‘zbekistonda yetim bolalarga ko‘maklashuvchi “Mehr daftari” tuzilishi hamda O‘zbekistonda Gul yetishtiruvchilar uyushmasi tashkil etilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Demet O‘zdemir yangi loyihada suratga tushadi, Ibrohim Chelikkol eski uyiga ko‘chib o‘tdi. Turk kinosi yangiliklari
Sport
Braziliya yetakchi, Fransiya — 2, Argentina 5-o‘rinda. The Guardian JCH—2022 favoritlari ro‘yxatini e’lon qildi
Sport
Krishtianu Ronaldu JCH—2022 vaqtida Portugaliya terma jamoasi bazasini tark etmoqchi bo‘lgan