Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Singapurda dunyodagi eng erta tug‘ilgan chaqaloq hisoblanuvchi Yu Syuanga 13 oydan so‘ng kasalxonadan chiqishiga ruxsat berildi, deb yozadi Esquire.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Qizaloq homiladorlikning 25-haftasida tug‘ilgan va o‘sha vaqtda uning og‘irligi 212 grammni tashkil etgan. Ayova universitetining eng mitti bolalar reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, bundan oldingi rekordchi AQShda qayd etilgan bo‘lib, 2018-yili mamlakatda 245 grammli qizcha tug‘ilgan.

Yu Syuanning onasida preeklampsiya — arterial bosimning xavfli ko‘tarilishi aniqlaganidan keyin ayol uni favqulodda kesarcha kesish yo‘li bilan to‘rt oy oldin dunyoga keltirgan.

Singapur Milliy universiteti shifoxonasi shifokorlarining so‘zlariga ko‘ra, qizchaning “omon qolish imkoniyati cheklangan” bo‘lgan. “Tug‘ruq vaqtida qo‘yilgan tashxisdagi asoratlarga qaramay, u atrofdagilarni qat’iyatliligi va o‘sishga bo‘lgan ishtiyoqi bilan ilhomlantirdi, bu esa uni COVID-19 davrining noodatiy bolasiga — tartibsizlik orasidagi umid uchquniga aylantirdi”, — deydi shifoxonadagilar.

Qizchaning sog‘lig‘i va rivojlanishi yaxshi bo‘lgani sabab unga shifoxonadan ruxsat berilgan. Shu bilan birga, Yu Syuanda surunkali o‘pka kasalligi kuzatilmoqda, shu sababli unga uyida nafas olishiga yordam kerak bo‘ladi. Biroq shifokorlarning ma’lum qilishicha, vaqt o‘tishi bilan uning ahvoli yaxshilanib boradi.

Yu Syuanning ota-onasiga shifoxonada davolanishi uchun ketadigan mablag‘ni qoplashga kraudfanding kampaniyasi yordam bergan — bir yillik davolanishi uchun 270 ming dollar to‘plangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta zapravkaga benzin yetkazib berish to‘xtatildi