Iste’dodli aktrisa, nafaqat Turkiya, balki boshqa mamlakatlarda ham mashhurlikka erishib ulgurgan Asli Enver ekranlarga qaytmoqda.
“Bobil” serialidan keyin ijodiy tanaffus qilgan aktrisa takror ishga kirishishga qaror qilgan. So‘nggi hafta davomida u turli prodyuserlik kompaniyalaridan kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqqan.
Loyihalar orasida Amerikaning “Yaxshi rafiqa” (The good wife) serialining turkcha adaptatsiyasi “Mojaro” (Scandal) ham bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha serialning turkcha variantini suratga olish huquqini Turkiyaning Limon film kompaniyasi qo‘lga kiritgan. Asli bilan hali shartnoma imzolanmagan, ammo TV Haber nashrining ma’lumotiga ko‘ra, aktrisaning bildirilgan taklifga ijobiy javob berishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Yaxshi ayol” seriali 2009-2016-yillarda Amerikaning CBS kanalida efirga uzatilgan. Sujetga ko‘ra, Alisiya Florikning baxtli turmushi internetda ko‘rgan suratidan keyin dahshatga aylanadi. Chikagoning Kuk okrugi prokurori sifatida faoliyat yuritadigan turmush o‘rtog‘i esa ozodlikdan mahkum qilinadi. Shundan keyin ayol eski kasbiga qaytib talabalik yillarida sevgan insonining firmasida yurist sifatida ishlay boshlaydi. 6 karra mukofot berilgan va 40 martdan ko‘proq turli taqdirlash marosimlarida nomzod bo‘lgan serial efirga uzatilgan vaqtda ko‘plab muxlislarning qiziqishiga sabab bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, o‘zbek teletomoshabinlariga “Istanbullik kelin”dagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa, shuningdek, “Qish quyoshi”, “G‘oyib”, “Baxtli bo‘lsang kifoya” singari seriallarda ham suratga tushgan.
Izoh (0)